1 topshiriq uchun berilgаn qiymаtlаr


ustquyma zaryadlash usuli


Download 0.71 Mb.
bet3/12
Sana25.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1295481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs loyixa 2)

ustquyma zaryadlash usuli bilan portlatish(qaytadan maydalashda, yordamchi ishlarda);
kamerali zaryadlash usuli bilan (tog‘li sharoitlarda xandaq, to‘g‘on va hokazolar hosil qilish maqsadida yalpi portlatishlarda);
qozonsimon zaryadlsh usui bilan (baland va yotiq pog‘onalarda PM zaryadi quvvatini oshirish uchun);
shpurli zaryadlash usuli bilan (spur diametri 75 mm ga qadar, chuqur muzlagan tog‘ jinsida, beso‘naqay toshlarni parmalab maydalashda, pog‘onalar tubini va qiyaligini tekislashda va h.k.).
Qoyasimon tog‘ jinslaridan skvajinalar burg‘ilash – ham mehnati, ham xarajati katta jarayondir. Amaliyotda tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi bo‘yicha turli tasniflari qo‘llaniladi. V.V. Rjevskiy tasnifi bo‘yicha tog‘ jinslari burg‘ilanuvchanligi ko‘rsatgichiga ko‘ra beshta sinfga va yigirma beshta toifaga ajratiladi:
I sinf – oson burg‘ilanuvchi tog‘ jinslari 1,2,3,4,5- toifalar;
II sinf – o‘rtacha qiyin burg‘ilanuvchi tog‘ jinslari 6,7,8,9,10- toifalar;
III sinf – qiyin burg‘ilanuvchi tog‘ jinslari , 11,12,13,14,15 - toifalar;
IV sinf – juda qiyin burg‘ilanuvchi tog‘ jinslari , 16,17,18,19,20 - toifalar;
V sinf – mutlaqo qiyin burg‘ilanuvchi tog‘ jinslari , 21,22,23,24,25 - toifalar.
Ko‘rsatkichlari 25 toifadagidan ham baland tog‘ jinslari toifalardan tashqari deb kiritilgan. Skvajinalarni aylanma harakatlanadigan va zarbli-aylanma harakatlanadigan dastgohlar bilan burg’ilanadi. Aylanma harakatlanadigan dastgohlar ko‘proq tarqalgan bo‘lib, shnekli va zoldirli dastgohlarga bo‘linadi.
S hnekli burg‘ilash dastgohlari, bularga (СБР-160B-32 qirquvchi burg‘ulash dastgohlari) va 2СБР-160-24 lar misol, asosan ko‘mir konlarida va qattiq mas qurilishbop tog‘ jinslarini (mergel, yumshoq ohaktosh va b.) toifadagi tog‘ jinslaridan diametri 160 mm va chuqurligi 24-32m bo‘lgan tik va qiya quduqlarni burg‘ulashda qo‘llaniladi. Dastgohlarning texnik ish unumdorligi tog‘ jinslarining qattiqligiga, burg‘ulash tartibiga bog‘liq bo‘lib 40-60 m/soat ni tashkil qiladi.
Dastgohlar tuzilishi ham, ulardan foydalanish ham oddiy, ularning ishlashida qulay sanitariya – gigiena sharoitlari ta’minlanadi.
Z oldirli (Sharoshkali) burg‘ilash dastgohlarining ishchi organi burg‘ilash uskunasining tayanchlarida (odatda 3ta) aylanma harakatlanuvchi qattiq po‘lat tishli zoldirlardir. Burg‘ilash uskinasi aylanishida zoldirlar quduq kovjoyi aylanasi ichida g‘ildiraydi va g‘ildirash kuchi bilan ezib, qirib, qisman talqon qilib tog‘ jinsini buzadilar. Ajralib chiqqan tosh zarralari siqilgan havo yoki suv-havo aralashmasi vositasida quduq ichidan chiqarib tashlanadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling