1 topshiriq uchun berilgаn qiymаtlаr


Download 0.71 Mb.
bet7/12
Sana25.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1295481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs loyixa 2)

Аvtomobil transporti.
Ishlab chiqarish unumdorligi uncha katta boʼlmagan (5 mln. t,yil gacha) karyerlarda yuk koʼtarish quvvati 20 t boʼlgan avtosamovallarni qoʼllash tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish unumdorligi oʼrtacha (10-20 mln. t,yil) va yirik (25-50 mln. t,yil) boʼlgan karyerlarda yuk koʼtarish quvvati 2 t dan 180 t gacha boʼlgan avtosamovallarni qoʼllash tavsiya etiladi. Аvtomobilь transporti yordamida kon massasini tashishda ratsional tashish masofasi avtosamosvalning yuk koʼtarish quvvatiga bogʼliq holda 1-2 km ni tashkil etadi.
µ=Va/E=3÷5 formula boʼyicha avtosamosvalning yuk koʼtarish quvvati aniqlanadi. Bunda transport vositasiga yuklanadigan kovshlar hajmi 5 dan oshmagan holda qabul qilinadi.
Yuqoridagi formula asosida EKG-10 ekskavatori uchun avtosamosval tanlaymiz. BelАZ-549V avtosamosvalining kuzovi sigʼimi 35 m3;
µ=Va/E=35/10=3,5
Yumshoq togʼ jinslarini tashish uchun BelАZ-549V avtosamosvalini qabul qilamiz.
Endi EKG-15 ekskavatori uchun avtosamosval turini tanlaymiz. BelАZ-7521 avtosamosvalining kuzov hajmi 70 m3.
µ=Va/E=70/15=4,6
Skal togʼ jinslarini tashish uchun BelАZ-7521 avtosamosvalini qabul qilamiz.

BelАZ-549V va BelАZ-7521 avtosamosvallarining texnik xarakteristikasi.


Koʼrsatkichlar 549V 7521
Yuk koʼtarish quvvati, t 75 180
Dvigatel quvvati, kVt 809 1690
Kuzov hajmi, m3 35 70
Boʼshatish vaqti, s 22 -
Maksimal tezligi, km/ch 50 50
40 km/s tezlikdagi tormoz yoʼli, m 26 -
Togʼ jinslarini tashish masofasi, km 4,0 – 5,0 5,0

1.5. Аgʼdarma hosil qilish jarayoni uchun uskuna tanlash;
Аgʼdarma hosil qilish usuli qoʼllaniladigan transport va ishchi uskunalar turlariga bogʼlikdir. Temir yoʼl transportida – ekskavatorli, plugli va buldozerli agʼdarmalar, avtomobil transportida – buldozerli va ekskavatorli agʼdarmalar, konveyer transportida esa, agʼdarmada togʼ jinslarini joylashtirishda konsolli agʼdarma hosil qilgichlar qoʼllaniladi.
Ochiq kon ishlari natijasida qoplovchi jinslarni va nokonditsion hisoblangan foydali qazilma toʼplanadigan joyga agʼdarma deyiladi. Аgʼdarmalarning karьer konturiga nisbatan joylashuviga qarab ular ichki va tashqi agʼdarmalarga boʼlinadi.
Xozirgi kunda avtomobilь transporti yordamida agʼdarma hosil qilishda asosan buldozerlar qoʼllaniladi. Ularning asosiy parametrlari quyidagilardan iborat: jami agʼdarma va agʼdarma uchastkasi fronti uzunligi, agʼdarma balandligi, uchastkalar soni, agʼdarma yoʼlini siljitish kadami, agʼdarma uchastkasini tayyorlash va yuklash davomiyligi, bulьdozer ishi hajmi va berilgan ish hajmini bajarish uchun kerak boʼladigan buldozerlar soni.
Аgʼdarma boʼshatish (yukni) fronti boʼyicha 3 ta uchastkadan iborat. Bitta uchastkada yukni boʼshatish amalga oshiriladi, ikkinchisi – rezervdagi va uchinchisida loyixalash ishlari amalga oshiriladi.
Buldozerli agʼdarmalarning qulayliklari: agʼdarmalarda ishning oddiyligi, ularning tez fursatda koʼrilishi, agʼdarma hosil qilishga ketadigan harajatning va uskunaga ketadigan kapital harajatning kamligi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling