1 topshiriq uchun berilgаn qiymаtlаr


I. KON MАSHINА VА USKUNАLАRINI TАNLАSH VА АSOSLАSH


Download 0.71 Mb.
bet2/12
Sana25.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1295481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs loyixa 2)

I. KON MАSHINА VА USKUNАLАRINI TАNLАSH VА АSOSLАSH.
1.1. Togʼ jinslarini qazib olishga tayyorlash usulini tanlash;

Togʼ jinslarini qazib olishga tayyorlash jarayoni qazib olishning samaradorligini taʼminlash maqsadida, togʼ jinsining tabiiy holatini oʼzgartirishga yoʼnaltirilgan jarayonni oʼz ichiga oladi.


Togʼ jinslarini qazib olishga tayyorlashda pogʼonadagi qattiq togʼ jinslari portlatish yordamida parchalanadi va oʼrtacha qattiqlikdagi togʼ jinslari esa mexanik usul bilan parchalanadi.
Mexanik usul bilan maydalash portlatish usuli bilan maydalashga qaraganda ancha foydalidir, chunki unumdorligi yuqori, tannarxi kichik va ishdagi xavfsizligi yuqoridir. Mexanik usul bilan maydalashni mustahkamlik koeffitsienti f=6 gacha boʼlgan togʼ jinslariga qoʼllash mumkin.
Portlatib yumshatish usuli mustahkamlik koeffitsienti f=6 dan yuqori boʼlgan togʼ jinslariga qoʼllaniladi. Ochiq kon ishlari amaliyotida togʼ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatib maydalash usuli keng qoʼllaniladi.
№1 topshiriq boʼyicha:
• Yumshoq togʼ jinsining qattiqligi f=0,8 boʼlganligi uchun togʼ jinsi toʼgʼridan toʼgʼri ekskavator yordamida qazib olinadi.
• Skalь togʼ jinslarining qattiqligi f=16 boʼlganligi uchun ushbu togʼ jinsi burgʼulash portlatish usuli yordamida qazib olishga tayyorlanadi.
Portlatish yordamida qoyasimon va yarimqoyasimon tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda:

  1. tog‘ jinslarining zarur darajada, ya’ni ishlab chiqrish jarayonlarining keyingi amaliyotlari uchun ham yetarli va tejamli bo‘ladigan darajada maydalanishini ta’minlash;

  2. ishchi maydoncha yuzasining tekisligini ta’minlash, uning o‘lchamlari bilan belgilab qo‘yilgan o‘lchamlar orasidagi tafovut yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lganidan oshib ketmasligini ta’minlash;

  3. ochiq kon unsurlarining belgilab qo‘yilgan shakllarini ta’minlash, portlatishdan keyin tog‘ jinsining qo‘porilishini va boshqa talablarning bajarilishini ta’minlash lozim.



Tog‘ jinslarini kovlab olishga tayyorlash uchun portlatishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling