1 topshiriq uchun berilgаn qiymаtlаr


Kon massasini tashish uchun transport turini tanlash


Download 0.71 Mb.
bet6/12
Sana25.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1295481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs loyixa 2)

1.4. Kon massasini tashish uchun transport turini tanlash;
Karyer yuklarini tashish karyerlarda eng koʼp energiya sarf boʼladigan jarayon hisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda togʼ jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam boʼlgan foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va yoʼnalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. Yuk oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda togʼ jinslar agʼdarmalarida yoki foydali komponentlar miqdori kam rudalar agʼdarmalarida yoki foydali qazilma zaxiralarida tugaydi.
Karyer yuklarini tashish chun deyarli barcha transport turlari qoʼllaniladi, ular ish printsipiga qarab quyidagilarga boʼlinadi:
- uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma poʼlat arqon yoʼlli);
- siklli (temir yoʼl, avtomobil, skipli, yuk koʼtaruvchiqurilmalar, konveyer poezdlari).
Uzluksiz transport turi unumlirok trnansport turi boʼlib, kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini taʼminlaydi. Uning qazib-yuklovchi va agʼdarma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega boʼlgan komplekslarni tashkil qilib, togʼ jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli koʼp choʼmichli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-agʼdarma koʼprigi yoki agʼdarma hosil qiluvchi komplekslari. Karyerlarda togʼ jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qoʼllaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karyerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda kon massasi karyer transportlari yordamida tashiladi. Karyer transportining vazifasi – foydali qazilmani zaboydan yuklovchi bunkergacha yoki boyituvchi fabrikalargacha, qoplovchi togʼ jinslarini esa agʼdarmalargacha tashishdan iborat.
Karyerlarda kon massasini tashish uchun turli koʼrinishdagi karyer transportlaridan foydalaniladi. Аsosiy transport vositalari:
-temir yoʼl transporti;
-avtomobil transporti;
-konveyer transporti.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling