1-Topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim tizimini tubdan isloh qilish masalasidagi fikrlarini yoritib bering. Javob


Download 32.25 Kb.
Sana09.10.2020
Hajmi32.25 Kb.
#132988
Bog'liq
1 topshiriq


1-Topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim tizimini tubdan isloh qilish masalasidagi fikrlarini yoritib bering.
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 16 avgust kuni umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta'minlagan holda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11 yillik o‘rta ta'lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta'lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirliklari rahbarlarini qabul qilib, hisobotlarini tingladi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Belgilangan vazifaga muvofiq, umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o‘z hohishiga ko‘ra 10-sinfda o‘qishini davom ettirishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qamrab olish ishlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv rejasiga ko‘ra, 10-sinf o‘quvchilari haftada 5 kun umumta'lim fanlarini va 1 kun kasbiy fanlarni o‘rganishi belgilandi. Kasb-hunar kollejlaridan uzoq masofada joylashgan 2703 ta maktab uchun 1103 ta maktabda, 6956 maktab uchun esa 615 ta kollejda o‘quv ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi.


2. Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PQ-3261-sonli Qarorning mazmun-mohiyati aytib bering.

Javob:

Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta’lim uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuni hisobga olgan holda, o‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda respublikada 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularni moliyalashtirishga faqat 2016-yilda Davlat byudjetidan 1,6 trillion so‘m ajratilgan.

Ushbu sohada sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda.

Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga ayrim tizimli kamchiliklar to‘sqinlik qilmoqda.

O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti.

Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti.

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning oziq-ovqat, moddiy ta’minoti va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda ham jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan, Davlat rahbari tomonidan 2017-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Qarorda maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Xususan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning viloyat markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish belgilandi.

Davlat rahbari tomonidan tashabbus qilingan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi zamonaviy va hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun investorlarga yer uchastkalari va bo‘sh turgan binolarni 50-yil muddatga beg‘araz ajratishni ko‘zda tutadi.

Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga keng soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.

Mazkur eksperimentlar yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Qaror bilan ushbu sohadagi dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi.

Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil etish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshiriladi. Bunda zarur infratuzilmani yaratish va maktabgacha ta’limning xususiy sektorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu bilan bir qatorda, sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablari, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash hamda joriy etish ishlari ham zamonaviy talablarga muvofiqlashtiriladi.

Qarorda vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni soddalashtirish ham o‘z ichiga olgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tizimini kengaytirish maqsadida Komissiyaga mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining amalga oshirilishi mamlakatda maktabgacha ta’lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini tubdan yaxshilash imkonini beradi.
3. O`zbekiston maktabgacha ta`lim tizimining Janubiy Koreya maktabgacha ta`lim tizimi bilan bog`liqliklarini ko`rsating.

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 20ga yaqin uchrashuvlar o‘tkazilib, tajriba almashinuvi, O‘zbekistonda eksperimental tarzda bolalar bog‘chalarini ochish, birgalikda kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Safar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Koreyaning qator maktabgacha ta'lim va boshqa turdagi muassasalariga tashriflar uyushtirildi va ularning faoliyati o‘rganildi, jumladan bog‘chalarning o‘ziga xos jihatlari, qo‘llanilayotgan ta'lim berish uslublari, moliyalashtirish va to‘lov tizimlari, pedagogik xodimlarning malaka darajasi va xizmat sharoitlari, oziq-ovqat va moddiy-texnik ta'minot hamda sohalariga tegishli dasturlar va uslublar atroflicha o‘rganildi. 

Pedagoglar faoliyati uchun maksimal qulay sharoitlarning yaratilgani, pedagogning ijodiy erkinligi, katta hajmdagi hisobotlarning yo‘qligi, davlat bog‘chalari pedagoglari ijtimoiy statusining yuqoriligi, bolalar o‘zlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan ijodiy muhit, jumladan xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni va jihozlangani, ular uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi o‘yinlarning mavjudligi, erta bolalikdan jamiyatda o‘zini tutish va shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini tarbiya qilish kabi alohida jihatlar Koreya maktabgacha ta'lim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etadi.  

Alohida e'tibor qaratish lozim bo‘lgan yana bir jihat, davlat jamiyatning eng himoyalanmagan qatlamlari, kam ta'minlangan oilalar va nogiron bolalarga, birinchi navbatda g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi va bog‘chalarga qabul davomida ularga ustuvorlik prinsipini qo‘llaydi va shu sababli ham, Koreyada inklyuziv ta'lim prinsiplari tahsinga sazovordir. 

Koreyaning ta'lim tizimiga kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan va tasarrufida maktabgacha ta'lim muassalari bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Sanmyong Universiteti, (Sangmyung University) hamda Chung-Ang Universiteti (Chung-Ang University) bilan Hadli kelishuvlar imzolandi, shuningdek Chonnam Milliy Universiteti (Chonnam National University) bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. 

Kelishuvlar va Memorandum doirasida quyidagi sohalardagi hamkorlik nazarda tutilgan: talabalar, ilmiy-pedagogik va boshqaruv mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qaratilgan choralar, jumladan eng yangi dasturlar va uslublarni joriy qilish, hamkorlikda tadqiqotlar, konferensiyalar, ko‘rgazma va seminarlarni amalga oshirish, maktabgacha ta'lim mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha maxsus qo‘shma magistrlik va doktorlik dasturlarini tashkil etish, shuningdek O‘zbekistonda eksperimental ravishda Koreya tizimiga asoslangan eksperimental bog‘chalarni tashkil etish kabi muhim vazifalar nazarda tutilgan. 

Maktabgacha ta'lim vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davomida bolalarning erta rivojlanishi va maktabgacha ta'lim tizimi sohasiga ixtisoslashgan nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Jumladan, 2017 yilning 23 noyabr kuni Koreya bolalar parvarishi va va maktabgacha ta'lim masalalarini o‘rganish Instituti (KICCE) bilan Hadli kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi va KICCE hamkorligida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkaziladi, pedagogik kadrlarni tayyorlash orqali tajriba almashinuviga qaratilgan dasturlar amalga oshiriladi, seminarlar va konferensiyalar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda hamkorlik asosida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish strategiyalarining ishlab chiqilishi, ta'lim dasturlari va standartlarining qayta ko‘rib chiqilishi, ta'lim statistikasini joriy qilish nazarda tutilgan. 

Seul bolalarni erta rivojlantirishga ko‘maklashish Instituti (Seoul Early Childhood Education Promotion Institute) bilan 2017 yilning 22 noyabr kuni o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatini beruvchi hamkorlikdagi ilmiy-amaliy tadqiqot muassasalarini tashkil etish, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash borasida kelgusida hamkorlik bitimlarini imzolash kelishib olindi.

Yana bir samarali uchrashuv – Maktabgacha ta'lim vazirligining eng muhim salohiyatli hamkori – Koreya Respublikasi Ta'lim vazirligining Maktabgacha ta'lim va bola parvarishi Departamentida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Koreya tomoni O‘zbekiston delegatsiyasiga Koreyada maktabgacha ta'lim va bola parvarishi bosqichlari, sohani rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish prinsiplari, yangi NURI maktabgacha ta'lim Milliy dasturini joriy qilish jihatlari haqida ma'lumot berdilar. Shuningdek, to‘lov tizimlari, ta'lim muassasasi turidan kelib chiqqan holda narxlarni belgilash prinsiplari, Davlatning maktabgacha ta'limga yo‘naltirayotgan xarajatlari, shuningdek istiqboldagi rejalar, jumladan, maktabgacha ta'lim strukturasida Davlat bog‘chalari ulushini kengaytirish, elektron qabul tizimini joriy qilish, pedagoglar malakasini oshirish hamda sohani takomillashtirish tendensiyalari haqida ham ma'lumotlar berildi. 

Koreya Respublikasining tajribasi albatta e'tiborga molik va ishonamizki, O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish jarayonlarida bu boradagi Koreya modeli elementlari albatta o‘z aksini topadi.


Test savollari

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirliklari rahbarlarining hisobotlarini tinglagan sana qaysi?

  1. 2017 yil 16 avgust +++

  2. 2019 yil 14 may

  3. 2018 yil 25 oktyabr

  4. 2017 yil 24 iyun



  1. O‘quv rejasiga ko‘ra nechanchi sinf o‘quvchilari haftada 5 kun umumta'lim fanlarini va 1 kun kasbiy fanlarni o‘rganishi belgilandi?

  1. 10 sinf +++

  2. 8 sinf

  3. 9 sinf

  4. 11 sinf

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3261-sonli qarori qachon qabul qilingan?

  1. 2017 yil 9 sentyabr+++

  2. 2017 yil 11 avgust

  3. 2019 yil 7 dekabr

  4. 2018 yil 9 sentyabr

  1. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l haritasida qanday ishlarni bajarish ko‘zda tutilgan?

  1. maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish, xorijiy tajribalardan foydalanib, milliy tizimni yanada rivojlantirishga doir qator amaliy ishlarni bajarish +++

  2. maktabgacha ta'lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodni barkamol va yetuk shaxs qilib ulg‘aytirish

  3. maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o‘rganish va faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etish

  4. maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda uyg‘un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirish




  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5198-sonli Farmoni qachon qabul qilingan?

  1. 2017 yil 30 sentyabr+++

  2. 2017 yil 24 sentyabr

  3. 2018 yil 30 sentyabr

  4. 2017 yil 17 avgust

  1. Bugungi kunda Respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi necha foizni tashkil etadi?

  1. 30 foiz+++

  2. 25 foiz

  3. 40 foiz

  4. 42 foiz

  1. O‘zbekiston Respublikasining ―Ta'lim to‘g‘risida‖gi Qonuni qachon qabul qilingan?

  1. 1997 yil 29 avgust+++

  2. 1997 yil 27 fvgust

  3. 1996 yil 29 avgust

  4. 1996 yil 14 iyul

  1. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi Ta'lim to‘g‘risidagi qonunning nechanchi moddasida nazarda tutilgan?

  1. 6 modda+++

  2. 4 modda

  3. 7 modda

  4. 3 modda

Download 32.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling