1. Tortish tavsiflari hisobi (qayta hisobi)
Download 1.12 Mb.
|
Narzullayev Bahodir kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajarilgan ishni qayd etish.
- V. POEZDNI TORTISHGA SARFLANADIGAN ELEKTR ENERGIYANI VA TORTISH DVIGATELLARI CHULG‘AMLARINING QIZISH HARORATINI HISOBLASH
Bajarilgan ishni qayd etish. Jadval hamda cheklovchi liniyalar va o‘tish liniyalari kiritilgan Ida(V) tok tavsiflari grafigi qurildi (7-rasm). 10. Yo‘l funksiyasida tok egrilarini qurish V(S) tezlik egrisi bo‘ylab tok egrilarini qurish tartibi (2 § II.I; 3, § 70) da keltirilgan. O‘zgaruvchan tokdagi elektrovozning Id (S) va Ida (S) tok egrilari V(S) va t(S) grafigiga chiziladi. Ushbu nuqtalar tok tavsiflari bo‘yicha V(S) grafigida tezlashish qiymatini o‘zgartiradigan tezliklar uchun, shuningdek ular ta'sirida V = 0, 10, 20 va h.k. km/s tezlashishda V(S) liniyasi kesimining qiyalik burchagi, Vr, KQ ga o‘tish tezliklari va V(S) liniyasining har bir sinish nuqtalari uchun aniqlanadi. Tokning egrilarini qurish masshtabi istalgan ko‘rinishda bo‘lib, bunda topshiriqda berilgan masshtablarning me'yoriy qatorini hisobga olish zarur. Olingan nuqtalar to‘g‘ri liniyalar bilan birlashtirilib, keyingi hisob-kitoblarni bajarishdagi qulaylik uchun raqamlanadi. Salt yurish va tormozlashda toklar nolga teng. Bajarilgan ishni qayd etish. O‘zgaruvchan tokdagi elektrovozning Id(S) va Ida(S) egrilari tok liniyalarining sinish nuqtalarini raqamli belgilash orqali V(S) va t(S) egrilari bilan birga umumiy grafikda qurildi (8-rasm). . V. POEZDNI TORTISHGA SARFLANADIGAN ELEKTR ENERGIYANI VA TORTISH DVIGATELLARI CHULG‘AMLARINING QIZISH HARORATINI HISOBLASH 11. Poezdni tortishdagi elektr energiyasi sarfini aniqlash Tokning faol tarkibiy qismi egrisi Ida(S) va vaqt egrisi t(S) asosida [I, §242, 243; 2, §121; 3, §76, 79] da keltirilgan harakat egrilari bo‘yicha (grafik-analitik usul yordamida) quyidagi formula yordamida poezdni tortishga sarflanadigan elektr energiyasi At, kVt·s (yordamchi zanjirlarga ishlatiladigan sarfdan tashqari) aniqlanadi (29) bu erda Uc – tok qabul qilgichdagi nominal kuchlanish, V; Isr - Δt vaqt ichidagi o‘rtacha tok Ida bo‘lib, Δt vaqt boshi va oxiridagi toklarning yarim yig‘indisiga teng. Tok va vaqt egrilaridan olingan ma'lumotlar 9-jadvalga kiritiladi. Elektr energiyasi sarfini har bir peregon va to‘liq uchastka bo‘yicha, to‘xtovsiz harakat va oraliq stansiyalarda to‘xtashlar bilan harakatlanadigan poezd uchun alohida hisoblanishi lozim. SHunga mos holda ikkita 9-jadval to‘ldiriladi. Bundan tashqari, poezdning tezlikni cheklash joyiga yaqinlashishidagi tormozlashida va salt yurishidagi energiya sarfining farqi ko‘rsatilishi zarur. Elektrovoz tortish dvigatellari ishiga sarflanadigan energiyadan tashqari yordamchi zanjirlar Avs ga ham elektr energiyasini sarflaydi. Ushbu energiya elektrovozning to‘liq ish vaqti uchun 1 daqiqa mobaynida yordamchi zanjirlarning elektr energiyani o‘rtacha iste'mol qilishining ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. A energiyasining to‘liq sarfi, sarflar yig‘indisiga teng: A = At + Avs. (30) 9-jadval Elektr energiyasi sarfini hisoblash uchun ma'lumotlar
So‘ng har bir peregon va to‘liq uchastka bo‘yicha, to‘xtovsiz harakat va oraliq stansiyalarda to‘xtashlar bilan harakatlanishda quyidagi formula yordamida elektr energiyaning solishtirma sarfi hisoblanadi , (31) bu erda mc – tarkib massasi; S – elektr energiyaning solishtirma sarfi aniqlanadigan peregon (yoki to‘liq uchastka) uzunligi, km. Hisob natijalari 10-jadvalga kiritiladi. 10-jadval Energiya sarfi
Ushbu hisoblar asosida oraliq stansiyalari bo‘ylab to‘xtashlar bilan va to‘xtovsiz harakatda elektr energiyasi sarfidagi farqlar aniqlanadi va poezdning to‘xtovsiz harakatida elektr energiyasining kam sarflanishi hisobiga zaruriy vositalarning tejalishi hisoblab chiqiladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling