1. Tortish tavsiflari hisobi (qayta hisobi)
Bajarilgan ishni qayd etish
Download 1.12 Mb.
|
Narzullayev Bahodir kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajarilgan ishni qayd etish.
Bajarilgan ishni qayd etish. Elektr energiyasi sarfini hisoblash jadvallari. To‘xtashlar bilan va to‘xtovsiz harakatda elektr energiyasi sarfidagi farqlar..... kVt.ch yoki ....... so‘m. Poezdning tezlikni cheklash joyiga yaqinlashishidagi tormozlashida va salt yurishidagi energiya sarfining farqi.
12. To‘xtovsiz harakatlanishda tortish dvigatellari chulg‘amlari haroratining tashqi havo haroratidan ortib ketishini aniqlash Tortish dvigatelining quvvati undagi chulg‘amlarning qizishi bilan cheklanadi. Tok yoki tortish tavsiflarida tortish dvigatellarining quvvati bo‘yicha cheklovlarni o‘rnatish mumkin emas, boisi qizish harorati nafaqat kuchlanishdan, chulg‘amlarning issiqlik parametrlari va ventilyasiya sharoitlaridan, balki dvigatelning ushbu kuchlanishlarda ishlash vaqtiga ham bog‘liq. Ushbu vaqtni poezd harakati tengligini echgandan so‘ng bilib olish mumkin. Tortish dvigatellari katta toklarda uzoq vaqt ishlashi chulg‘amlarning haddan ziyod yuqori haroratdagi qizishiga olib kelishi mumkin, bu esa izolyasiyaning muddatdan oldin eskirishi va uning buzilishini keltirib chiqaradi. Bu holatning oldini olish uchun tortish dvigatellari toklarini va ular bilan ishlash vaqtini aniqlagandan so‘ng dvigatellarning haroratini ruxsat etilgan qiymatlardan ortib ketmasligini tekshirish lozim. Hisob-kitob ishlari analitik usul yordamida bajariladi. Hisob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi (32) bu erda - dvigatelning berilgan o‘rtacha tok Idsr da ishlashida undagi haroratning tashqi havo haroratidan barqaror ortishi, °S; Δt - tok Idsr oqib o‘tadigan vaqt, daq.; T – vaqtning issiqlik doimiysi, daq.; - har bir vaqt oralig‘ida tortish dvigateli haroratining dastlabki ortishi. Kurs ishida dastlabki hisob uchun = 50 oS, keyingi hisoblarda uchun avvalgi hisobdagi sifatida qabul qilinadi. Ushbu formula (32) yaqin qiymatlardagi (yaqiniy) formula bo‘lgani bois ≤ 0,1 tengsizligiga amal qilish lozim, bunda xatolik ruxsat etilgan kattalikdan ortmaydi. Ushbu shart bajarilmagan holatda vaqt intervali ikki yoki bir qancha qismlarga ajratiladi. Hisob natijalari 11-jadvalga kiritiladi. Jadvalning dastlabki 5 ta grafasiga poezd harakatlanish grafigi va toklar egrisi kiritiladi, har bir Idsr tok uchun qiymati grafiklardan olinadi. Qolgan grafalarga hisob natijalari kiritiladi. Id = 0 da tortish dvigatelining sovishi va ning kamayishini e'tiborga olish lozim. 11-jadval
Tortish dvigatellari haroratining oshishini hisoblash, T =…. daq. ning tanlangan qiymatlaridan eng katta qiymat naib tanlanadi. YOz mavsumida havoning hisobiy harorati +25°S bo‘lganda, ushbu qiymat yakor chulg‘amining V toifasidagi izolyasiyaga ega NB-418K, NB-412K, NB-406 tortish dvigatellari uchun ruxsat etilgan 120oS haroratdan ortmasligi zarur. Agar hisob yakunida naib qiymati ruxsat etilgan haroratdan ortganligi aniqlansa, talaba uni kamaytirish uchun qanday choralar ko‘rilishini qayd etishi lozim. Bajarilgan ishni qayd etish. haroratining ortishini hisoblash jadvali to‘ldirildi. Tortish dvigateli chulg‘ami haroratining eng katta ortishi …°S. Tarkibning hisoblangan massasi ts= …t AV uchastkasi uchun o‘rnatilishi mumkin (yoki mumkin emas). Xulosa Kurs ishining xulosa qismida bajarilgan ishning bosqichlarini umumlashtirish va quyidagi natijalarni aks ettirish lozim: 1. Tarkibning tanlangan massasi qiymatining to‘g‘riligini baholash. 2. Tezlik hamda har bir peregon va to‘liq uchastka bo‘yicha poezdni tortishga sarflanadigan elektr energiyasi nuqtai nazaridan poezdning harakatlanish rejimlarini tahlil qilish. 3. Harakat tezligini oshirish yoki uchastka bo‘ylab poezdni tortishga ishlatiladigan energiya sarfini kamaytirish imkonini beradigan boshqa harakat rejimlarini taklif qilish. Xulosa hajmi bir betdan oshmasligi zarur. Adabiyotlar Pravila tyagovыx raschetov dlya poezdnoy rabotы (PTR). M.: Transport, 1985 V.E. Rozenfeld, I.P. Isaev, N.N. Sidorov. Teoriya elektriches-koy tyagi. M.: Transport, 1983. S.I. Osipov. Osnovы elektricheskoy i teplovoznoy tyagi. M.: Transport, 1985 10- rasm. Tezlik va elektr tortish NB-412K tortuv dvigatelni xususiyatlari 11- rasm. Issiklik NB-412K tortuv dvigatelni xususiyatlari Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling