1. Tortish tavsiflari hisobi (qayta hisobi)
Download 1.12 Mb.
|
Narzullayev Bahodir kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. TORTISH TAVSIFLARINI HISOBLASH VA TUZISH HAMDA CHEKLASHLARNI HISOBLASH
KIRISH Tortish hisoblari temir yo‘ldan samarali foydalanish, yangi loyihalanayotgan liniyalarning, shuningdek tortishning bir turidan ikkinchi turiga o‘tkazilayotgan liniyalarning zaruriy parametrlarini hisoblash masalalarini hal etish imkonini beradi. Bunda ishning turli rejimlarida tortish kuchini aniqlash, poezdning eng maqbul og‘irligini tanlash, poezdning peregon yoki uchastka bo‘ylab harakatlanish tezligi va vaqtini hisoblash, energiya resurslarining sarfini aniqlash hamda tortish elektrodvigatellarining qizishiga ko‘ra tanlangan og‘irlikni tekshirish mumkin. Ushbu ma'lumotlar asosida harakatlanuvchi tarkibning tortish xususiyatlari baholanadi, o‘tkazuvchanlik va tashish qobiliyati aniqlanadi hamda poezdlar harakatlanish grafigi tuziladi. Tortish hisoblarini bajarishda harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish me'yorlarini belgilovchi asosiy rasmiy hujjat – “Poezd ishi uchun tortish hisoblari qoidalari”dan foydalaniladi. Talaba kurs ishini to‘g‘ri bajarishi va muvaffaqiyatli himoya qilishi uchun “Elektr tortish asoslari” kursini chuqur o‘zlashtirishi, fanning nazariy asoslari, fizik mohiyati hamda hisob-kitoblarni amalga oshirish ketma-ketligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi, hisoblash formulalaridan ongli ravishda foydalanishi va olingan natijalarni tahlil qila olishi lozim. I. TORTISH TAVSIFLARINI HISOBLASH VA TUZISH HAMDA CHEKLASHLARNI HISOBLASH1. Tortish tavsiflari hisobi (qayta hisobi)Tortish tavsiflari 1- va 2-ilovalarda keltirilgan rasmlardagi tezlik V(Id) hamda elektr tortish Fkd(Id) tavsiflari asosida hisoblanadi. Talaba o‘zgaruvchan tokdagi elektrovoz turini va topshiriqqa muvofiq tortish dvigatelining tavsiflarini tanlaydi; tok turlarini belgilab, ularning har biri uchun grafikdan harakatlanish tezligi V ni, g‘ildiraklar juftligining har biri tomonidan shakllantiriladigan tortish kuchi Fkd ni aniqlaydi hamda quyidagi formula bo‘yicha elektrovozning tortish kuchi Fk ni hisoblaydi: Fk = Fkd no‘q , kN (1) Fк=5*6=30 kN ; bu erda no‘q - elektrovozning ilashish (tirkama) o‘qlari soni. O‘zgaruvchan tokdagi elektrovozlarda tortish tavsiflarini hisoblash me'yoriy qo‘zg‘alishning (MQ) 33-pozitsiyasi va kuchsiz qo‘zg‘alishning (KQ) ikki bosqichi KQ1 va KQ3 da (KQ2 tavsifi hisobiy deb nomlanadi), shuningdek MQning 9-pozitsiyada bajarlll. Kuchlanishni boshqarishning yuqori bosqichida tortish hisoblarini bajarishda eng yuqori bo‘lgan tavsif (KQ3 – o‘zgaruvchan tokdagi elektrovozning 33-pozitsiyasida) ishlatilmaydi, u mashinist uchun zaxiradagi tavsif bo‘lib, yuqori tezlikda harakatlanish chog‘ida, masalan kechikishni kamaytirishda qo‘llanadi. Bunda eng katta harakatlanish tezligiga yaqin bo‘lgan telikdagi (100 km/s) tokdan boshlab, jami 7÷10 nuqtalar olinadi. Tortish tavsifini hisoblash natijalari 1-jadvalga kiritiladi, bunda talaba jadvalning yuqori qismida belgilangan seriyadagi elektrovozga oid ma'lumotlarni kiritadi. Talaba 1-jadvaldagi ma'lumotlarga ko‘ra millimetr qog‘ozida qulay masshtablardagi tortish tavsiflari Fk(V) ni tuzadi. 1-jadval
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling