1. Tortish tavsiflari hisobi (qayta hisobi)


Bajarilgan ishni qayd etish


Download 1.12 Mb.
bet6/9
Sana12.02.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1191134
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Narzullayev Bahodir kurs ishi

Bajarilgan ishni qayd etish. Hisob formulalari bajarildi, tormoz masalasini echish grafigi hamda Vdop(i,‰) egrisi qurildi (3-rasmga qarang).

3 - rasm


8. Harakatlanish egri chiziqlarini qurish

Talaba o‘zining kurs ishida poezd harakatlanishi tengligini analitik yoki MPS grafik usuli yordamida integrallashtiradi. Hisoblash tartibi va V(S) va t(S) egrilarini qurish [1. § 1.4.1; 2. § P.1, 11.2; 15.2; 3. § 54,55] adabiyotlarida keltirilgan.


Barcha hisoblar yoki egrilarni qurish solishtirma tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi kuchlar diagrammasi asosida grafikning abssissa o‘qi V(S) ostida ko‘rsatiladigan berilgan yo‘l profilini hisobga olgan holda bajariladi. Hisoblar analitik usul yordamida bajarilgandan so‘ng 5-jadvalda keltirilgan masshtablarda poezdning harakatlanish grafiklari V(S) va t(S) quriladi (4-rasmga qarang).

4-rasm
Hisoblarni bajarishda va harakatlanish egrilarini qurishda quyidagi shartlarni e'tiborga olish zarur:
1. Harakatlanish tengligini integrallashda poezd moddiy (jismoniy) nuqta sifatida ko‘rib chiqilib, unda poezdning to‘liq og‘irligi yig‘ilgan. U poezdning o‘rtasida joylashgan. Hisoblarda elektrovozning tortish xususiyatlari va quvvatidan imkon qadar to‘liq foydalanishga intilish zarur.
2. Harakatlanish tezligi elektrovozning maksimal tezligidan, shuningdek yo‘l profilining har bir elementi uchun tormozlar bo‘yicha ruxsat etilgan tezligidan ortmasligi zarur. V(S) egri chiziqni qurishda tasodifan ushbu tezlikdan ortib ketmaslik uchun har bir tushish qiyaligida va gorizontal uchastkada harakatlanishning ruxsat etilgan tezligini ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
3. 40 yoki 50 km/s ga teng (topshiriqqa qarang) cheklangan tezlikda muayyan elementda egri chiziqni qurishda poezdning nafaqat og‘irlik markazi, balki uning bosh va dum qismlarining berilgan tezlikdan oshmagan holda elementdan to‘liq o‘tishini hisobga olish zarur. Buning uchun element boshida emas, balki poezd uzunligining yarmiga teng bo‘lgan element va poezd orasidagi masofada ruxsat etilgan tezlikda harakatlanish (bunda egri chiziqni teskari qurishdan foydalanish qulay) hamda elementdan bevosita o‘tib ketgandan so‘ng emas, balki elementdan so‘ng poezd uzunligining yarmiga teng masofada tezlikni oshirish zarur.
Poezd uzunligi tarkibning og‘irligi mc (massasi), tarkibdagi vagonlarning foizdagi nisbati, har bir turdagi vagonning massasi va uzunligidan kelib chiqib aniqlanadi.
Kurs ishida quyidagi qiymatlarni qabul qilish mumkin: 8 o‘qli vagon uzunligi l8 = 20 m; 4 o‘qli vagon uzunligi l4 =15 m, elektrovozning bitta 4 o‘qli seksiyasi uzunligi lc = 16,5 m, bitta 6 o‘qli elektrovoz uzunligi VL60 - le = 21 m.
Chegaralangan tezlik joyiga kirish ikki xil variantda bajarilishi lozim: tormozlardan foydalangan holda (asosiy variant) hamda salt yurishda (teskari qurish orqali).
4. B oraliq stansiyasida tezlik egrisi ikki marta quriladi: to‘xtash bilan harakatlanishda va to‘xtovsiz harakatlanishda. Shunga mos holda ikkita vaqt liniyasi t(S) bo‘lishi lozim. Vaqt egrilari asosida harakatlanishning ikkala rejimi uchun poezdning sekinlashish holatida tezlashishga sarflangan vaqt yo‘qotishlarini to‘xtovsiz harakatlanishga nisbatan baholash zarur.
5. Poezdning stansiya bekatida to‘xtashidan oldin tormozlashida tezlik egrisi teskari tartibda quriladi – V = 0 da stansiya o‘qidagi to‘xtash joyidan, to salt yurishdagi tormozlashdan oldin harakatlanish egrisi bilan kesishish joyigacha. Agar tormozlashdagi tezlik egrisi tortish rejimi uchun qurilgan tormozlashdan oldingi egri bilan kesishgan bo‘lsa, kesishuv joyigacha 400 ÷ 500 m qolganda, tortish rejimidan salt yurishga o‘tish hamda tormozlashdagi egri bilan kesishuvga qadar liniya kesimlarini qurish zarur.
6. Poezd yurish rejimining o‘zgarishi joylaridagi tezlik egrisida (PV yoki MQ, KQ1, KQ2 va h.k. tavsiflariga o‘tish, salt yurishga o‘tish, tormozlarni yoqish va qo‘yib yuborish) harflar bilan belgilar qo‘yish lozim. Ushbu belgilar yo‘lning turli nuqtalarida elektrovozning ish rejimini aniqlashda qo‘llanadi (5-rasmga qarang).

5-rasm

7. MPS usuli yordamida V(S) egrilarni qurishda tezlik intervallari quyidagi qiymatlardan ortmasligi zarur: tortish rejimida V = 0 dan Vp - 10 km/s gacha, katta tezliklarda – 5 km/s; salt yurish va tormozlashda 10 km/s deb qabul qilish mumkin.


Tezlikning har bir intervalida solishtirma tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi kuch kattaligi o‘rtacha tezlikda olinadi (5 km/s da - V = 0 dan V = 10 km/s gacha va h.k.). Ko‘tarilish yoki tushish joyi mavjud bo‘lganda, solishtirma tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi kuchlar grafigi koordinatasining boshi hisobida ko‘tarilish yoki tushish kattaligiga son jihatdan teng bo‘lgan solishtirma kuch kattaligiga mos holda chapga yoki o‘ngga siljiydi (bunga ko‘tarilish joyida N/kN hisobidagi wi solishtirma qo‘shimcha qarshilik, hisobidagi ko‘tarilish kattaligiga son jihatdan tengligi bois ruxsat beriladi).
To‘g‘rilangan yo‘l profili elementi chegarasiga yaqinlashishda, V(S) liniyasi V ning tanlangan qiymatida element chegarasidan tashqariga chiqishi mumkin, bunda nishablik o‘zgarishi hisobiga tezlashtiruvchi kuch boshqa qiymatga ega bo‘ladi, bu qiymat esa grafikni qurishda inobatga olinmagan. V(S) liniyasining olingan kesimini element chegarasida qoldirish mumkin emas, boisi tezlikning birinchi va oxirgi qiymatlari o‘rtasidagi eng kichik tafovutda o‘rtacha tezlashtiruvchi kuch V intervalida qabul qilingan kuchga teng bo‘lmaydi, ushbu holatda V1 intervalining shunday qiymatini topish lozimki, bunda poezd element oxirida tanlangan intervalning so‘nggi tezligiga teng tezlikka ega bo‘lishi zarur.
8. Davomli tushish qiyaliklari bo‘ylab harakatlanishda tormoz masalasini echish natijasida olingan ruxsat etilgan tezliklardan ortib ketmaslik uchun salt yurish va tormozlash rejimlarini qo‘llash lozim. Tushish qiyaligi so‘nggida kinetik energiya zaxirasini oshirish va poezdni tortishga sarflanadigan energiyani kamaytirish uchun tormozni qo‘yib yuborish joylarini shunday tanlash lozimki, poezd tushish qiyaligi oxiriga ruxsat etilgan tezlik bilan etib olsin (tormozlashda tezlikni 10÷15 km/s ga kamaytirish ruxsat etiladi).
9. Qurilgan t(S) egrisi bo‘yicha har bir peregon (S uzunlikka ega, km) va uchastka bo‘ylab to‘xtovsiz harakat va to‘xtashlar bilan harakatlanish uchun, shuningdek tezlik chegaralangan joylarga yaqinlashishning har bir varianti uchun yurish vaqtlari aniqlanadi, so‘ng quyidagi formula orqali texnik tezliklar topiladi



Talaba poezdning tormozlash rejimiga nisbatan uning salt yurishida tezlik chegaralangan joyga harakatlanishi davomidagi, shuningdek to‘xtashlar bilan harakatlanishning to‘xtovsiz harakatga nisbatan vaqt yo‘qotishlari va texnik tezlikning kamayishini tahlil qiladi. Tahlil natijalari 7-jadvalga kiritiladi.

7-jadval


YUrish vaqtlari va texnik tezliklar




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling