1. Tortish tavsiflari hisobi (qayta hisobi)
Bajarilgan ishni qayd etish
Download 1.12 Mb.
|
Narzullayev Bahodir kurs ishi
Bajarilgan ishni qayd etish. ts ning barcha hisoblari va poezdning eng tikka ko‘tarilish joyi ipr dan o‘tishiga (tezlik ikkala diapazonining har birida) sinaldi.
5. Tortish rejimida poezdning solishtirma tezlashtiruvchi kuchlari (pri i = 0) hisobi va ularni qurish Poezdning harakatlanish tengligini echish uchun tortish, salt yurish va tormozlash rejimlarida poezdga ta'sir etuvchi solishtirma tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi kuchlarni bilish zarur. Solishtirma, ya'ni poezd og‘irligining birligiga oid kuchlardan foydalanish poezdning harakatlanish tengligini echishni soddalashtiradi. Turli vagonlar va to‘liq tarkibning to‘g‘ri chiziqli gorizontal yo‘l bo‘ylab harakatlanishining turli tezliklarida ularning solishtirma asosiy qarshiligini hisoblash [3, § 38, 39] da keltirilgan. Ushbu hisob ishlari mazkur uslubiy ko‘rsatmalarning (6), (7), (8) va (9) formulalari yordamida quyidagi tezliklar uchun bajariladi: V = 0 dan Vp gacha – har 10 km/s dan so‘ng, Vp dan Vmax gacha – har 5 km/s dan so‘ng, shuningdek V0 tezligi hamda KQ tavsiflariga o‘tishdagi tezliklar (1-rasmdagi V, S, D , E, G, M, N nuqtalariga qarang) uchun bajariladi. Hisoblarda V = 0 ÷ 10 km/s bo‘lganda, tarkib va elektrovoz harakatlanishiga nisbatan qarshilik o‘zgarmas qiymat sifatida qabul qilinib, V = 10 km/s da hisoblangan qarshilikka teng bo‘ladi. Poezdning to‘g‘ri chiziqli gorizontal yo‘l bo‘ylab tortish rejimida harakatlanishida solishtirma tezlashtiruvchi kuchlar fu solishtirma tortish kuchi hamda harakatlanishga nisbatan asosiy qarshilikning solishtirma kuchi w0 o‘rtasidagi ayirma sifatida quyidagi formula yordamida aniqlanadi ([3, § 2 va 53] da ko‘rsatilgani kabi) (12) bu erda w0 – poezd harakatlanishiga nisbatan asosiy solishtirma qarshilik bo‘lib, [3, § 39] ga muvofiq quyidagi formula yordamida topiladi: (13) V = 0 va V = 10 km/s bo‘lganda, tortish kuchlari bir xil emasligini (harakatlanish qarshiligi kuchlari teng bo‘lsada) yodda tutish zarur, shundan kelib chiqib, ushbu tezliklarda tezlashtiruvchi kuchlar har xil bo‘ladi. Fk tortish kuchlari o‘zgaruvchan tokdagi elektrovozlarning cheklovchi liniyalar bo‘ylab hamda 33-pozitsiyada (MQ, KQ1, KQ3) tezlashishida tortish tavsiflaridan olinadi. Poezd harakatlanishiga nisbatan solishtirma qarshilik w0 ni hamda poezdning solishtirma tezlashtiruvchi kuchi fy ni bir qancha tezliklar uchun hisoblash zarurligi bois dasturlovchi hisoblash mashinalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Hisob natijalari 4-jadvalga kiritiladi. 4-jadval Poezdning solishtirma tezlashtiruvchi kuchlari ms = ……,t
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling