1. Тўсиқлар қанака турларга бўлинади? Тўсиқли йўлаклардан ўтишда қандай амаллар бажарилади?


Download 1.25 Mb.
bet5/7
Sana25.06.2020
Hajmi1.25 Mb.
#121602
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy barcha jovoblar


Tezkorlik sifati:Tеzkorlik - bu insonning ma’lum sharoiti uchun qisqa vaqt ichida harakatni yuqori samarali bajaraolishlik qobiliyatiga aytiladi.

Tеzkorlikni namoyon bo’lishi 3 - ta elеmеntar shaklda ko’rinadi:

1. Harakat rеaktsiyaning latеnt (yashirin) vaqti.

2. Ayrim harakatlar tеzligi (kichik tashqi qarshilikda)

3. Harakat chastotasi (vaqt birligida harakatning qaytarilish soni)

Tezkorlikni rivojlantirish: Tezkorlikni rivojlantiradigan maxsus mashqlarni 3 guruhga bo’lish mumkin:

a) tsiklik mashqlar - katta chastota bilan takror bajariladigan mashqlar, masalan: tsiklik mashqlar - tayanib joyda yugurish, vеlostanokda maksimal tеzlikda pеdallarni aylantirish. TSiklik mashqlar 10-15 soniya ichida bajariladi va takror bajariladi.

b) atsiklik mashqlar - maksimal tеzlikda takror bajariladigan, masalan: atsiklik mashqlarga zarbalar (udarlar), sanchishlar.

v) aralash mashqlar - yugurib kеlib sakrashlar, irg’itishlar, sport o’yinlarining ayrim хarakatlari.



Chidamlilik sifati:Biror bir faoliyatda charchashga qarshilik ko’rsata olish qobiliyatiga chidamlik dеyiladi. Umumiy chidamlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bunda shakl jihatidan bir xil bo'lgan mashqlarni turli intensivlikda bajarish talab etiladi.

To'rtta nisbiy quvvat zonalari bor:

1) maksimal quvvat zonasi;

2) submaksimal quvvat zonasi;

3) katta quvvat zonasi;

4) o'rtacha quvvat zonasi.



Chidamlilikni rivojlantirish: Chidamlilikni rivojlantirish jarayonida organizmning umumiy chidamlilikni va maxsus chidamlilikni belgilaydigan vazifalarni hal etish talab qilinadi. Ular mashqlarning intensivligi, davomiyligi, takrorlashlar soni va dam olish, aerob va anaerob imkoniyatlarni oshirish shakllarida tashkil etiladi. Chidamlilikni rivojlantirishda quyidagi vazifalar turadi:

1) anaerob imkoniyatlarni oshirish;



2)maksimal intensivlikdagi maxsus ish sharoitlarida nerv markazlarining ishga yaroqligini oshirish.

Sakrovchanlik tezkor kuchlilik sifatlariga mansub bo'lib, oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarish bilan ifodalanadi. Har bir atlet uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. Sakrovchanlik sifatining turlari ko'p. Masalan, ikki oyoq bilan debsinib yugurib kelib yoki joydan turib vertikal sakrash bir oyoq bilan debsinib vertikal yoki uzunlikka sakrash, ikii oyoq bilan debsinib uzunlikka sakrash va xokazo. Har bir sakrash turining o'ziga xos maqsadi va maqsadga mos ijro etish tartibi (texnikasi) bo'ladi. Voleybol, basketbol, futbol vaboshqa sport o'yinlari bilan shug'ullanuvchi sportchilarning sakrovchanligi bir-biridan farq qiladi.

Sakrovchanlik (vertikal sakrash, dioganal sakrash, yonga vaorqaga sakrash,sakrash tezligi, sakrash chidamkorligi) sifatlarini oddiy standart jismoniy mashqlar, og'irliklar (qo'l-oyoq va belga bog'lanadigan qo'rg'oshin plastinkalar), moslamalar va trenajyorlar yordamida jadal rivojlantirish mumkin.

Inson bolalikdan turli yo’nalishdagi harakat malakalarini ongsiz va ongli tarzda bajaradi. Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqon6lik, chidamkorlik, egiluvchanlik) tusida rivojlana boradi. Sekin-asta xayotiy zarur harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, to’xtash, osilish va h.) sayqal topadi.

Mutaxassislarning fikriga asosan shu jismoniy sifatlar va xayotiy zarur harakat malakalari harakatli o’yinlar yordamida yanada samaraliroq rivojlanishi isbotlab berilgan.

Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, turli bosqichdagi ta’lim maskanlarida ushbu muammoga har doim ham rejali va ilmiy jixatdan yondoshilmaydi.

Jismoniy mashqlarni to’g’ri qo’llash, ularni bolalar qanday o’zlashtirayotganligini nazorat qilib borish shu bolalardagi jismoniy sifatlarni, uning qaddi-qomati, jismoniy va funksional taraqqiyoti to’g’ri yo’nalishda tarbiyalanib borishga imkon yaratadi.

Ma’lumki, insonning jismoniy sifatlari uning tug’ilishidan boshlab shakllana boradi. Lekin, uning bolaligida shu sifatlar qanday darajada shakllanishi, oddiy yoki murakkab harakatlarni o’zlashtirib olishi nafaqat uni o’sib yashab kelayotgan muhitga bog’liq, balki bolaning muayyan sifatini qanday vositalar yordamida rivojlantirish Shu bilan bir qatorda harakatni turi, yo’nalishi va qanday maqsadga qaratilganligiga (kasb, ro’zg’or ishi, sport, harbiy faoliyat va h.) qarab, har bir jismoniy sifatni shu harakat ijrosidagi o’rni turlicha bo’ladi. Shunday bo’lsada, turli kasb faoliyatlarida yoki sport turlarida shu jismoniy sifatlarning integral ahamiyati o’ziga xos ulushga ega bo’ladi. Ammo qanday bo’lmasin, ko’pincha tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida ayrim jismoniy sifatlarning ustuvorligi darhol ko’zga tashlanadi.

Zamonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchining uzoq muddat davomida yuqori sifatli va samarali ish qobiliyatini saqlay olish imkoniyati bilan bog’liqdir.

Har xil sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o’z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi»ga ega bo’lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqappap. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasini ko’p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor - kuchga bo’lgan chidamkorlik, sakrashga bo’lgan chidamkorlik, «texnik–taktik chidamkorlik» va hokazo) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.

Ma’lumki, ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa so’z uning sifati va samaradorligiga tegishli bo’lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag’izi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Ya’ni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o’zida mujassam qilgan bo’ladi. Ushbu sifatlarning o’zaro uzviy bog’liqligi va ularning yuksak darajadagi integral natijasi mahoratining muayyan taqdirini belgilab beradi.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling