1. Tuproqning tuzilishi va tarkibi Tuproqning fizik xossalari
Zichlik Tuproqning qattiq fazasi "skeletdan"
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning qattiq fazasi "skeletdan"
Zichlik
Tuproqning qattiq fazasi "skeletdan" - toshli qo‘shilmachalar (zarralari 1 mm dan katta) va mayda tuproqlardan (zarralari 1 mm dan kichik) iborat. Tuproqning "qattiq fazasi" zarralarining o‘lchamlariga bog‘liq ravishda toshli qo‘shilmachalarga (zarralari o‘lchami 1 mm dan katta) va mayda tuproqqa (zarralari o‘lchami 1 mm dan kichik) bo‘linadi. Tuproqlar toshsiz (tarkibida 0,5 foiz gacha tosh), kam toshli ( 0,5...5 foiz ), o‘rta toshli ( 5...10 foiz ) va yuqori toshli ( 10 foiz dan ko‘p) turlarga bo‘linadi. Tuproqning turi mexanik tarkibi bo‘yicha aniqlanganda mayda tuproq (melkozem) tahlil qilinadi. U shartli ravishda ikki fraksiyaga bo‘linadi: "fizik gil" (zarralari 10 mkm dan kichik) va "fizik qum (zarralari 10 mkm dan katta). Tuproqlar fizik gilning miqdoriga qarab quyidagicha nomlanadi: soz (gil) tuproq (tarkibida "fizik gil" 50 foiz dan ko‘p), qumoq tuproq ("fizik gil" 50...20 foiz ), qumli tuproq ("fizik gil" 20...10 foiz ) va qum ("fizik gil" 10 foiz dan kam). Tuproqda fizik gil qancha ko‘p bo‘lsa, unga ishlov berish shuncha og‘irroq bo‘ladi. Gil zarrachalarida jipslashtiruvchi moddalar borligi uchun ular tuproqning bog‘liqligini ifodalaydi, qumlar esa aksincha, yopishqoq va qayishqoq (plastik) bo‘lmaydi. Tuproqning qattiq fazasi "skeletdan" Holatida tuproqqa mexanik ishlov berish faqat uning mavjud donador agregatlarini saqlabgina qolmay, yangilarini ham hosil qilishi aniqlangan. Tuproqdagi gazsimon faza havo va boshqa gazlardan (ammiak, metan va h.k.) iborat. Tuproqda havo erkin yoki qisilgan holatda bo‘lishi mumkin. Yirik gravitatsion bo‘shliqlarda havo, odatda, atmosfera bilan erkin aloqada bo‘ladi. Shamol natijasida va tik konvektiv okishlar natijasida bu havo doimiy yangilanadi, bu esa yumshoq tuproqdagi namlikni jiddiy kamayishiga olib keladi. Kichik kapillyar bo‘shliqlarda joylashgan havo ko‘pincha qisilgan holatda bo‘ladi, ya’ni qattiq zarrachalar va suv yordamida germetik bekilib qoladi. Qisilgan havo tuproqning elastikligini (egiluvchanligini) oshiradi va suv o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Qurollarining ishchi organlari ta’sirida tuproq siqilganda uning erkin havosini asosiy qismi qisilgan holatga o‘tadi va unda potensial energiya yig‘iladi. Uning ta’sirida siqilish to‘xtagandan keyin tuproq kesakchalari orasidagi bog‘liqliklar uziladi, natijada etilgan strukturali tuproq yaxshi uvalanadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling