1. Tuproqning tuzilishi va tarkibi Tuproqning fizik xossalari


Kesish – ishlov beriladigan palaxsani yoki yupqa qatlamni qolgan yaxlit tuproqdan ajratish. Zichlash


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana07.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1753983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma`ruza

Kesish – ishlov beriladigan palaxsani yoki yupqa qatlamni qolgan yaxlit
tuproqdan ajratish.
Zichlash (2v-rasm) – yumshatishga teskari bo‘lgan jarayon. Bunda tuproqning
kapillyarligi oshadi, umumiy g‘ovakligi esa kamayadi.
Aralashtirish (2g-rasm) – tuproq agregatlari, o‘g‘itlar va boshqalarni o‘zaro
joylashishini o‘zgartirish. U ishlov beriladigan qatlamning bir xilligini ta’minlash
hamda tuproqqa solinadigan mineral va organik o‘g‘itlarni tekis tarqatish uchun
bajariladi.


2-rasm. Tuproqqa mexanik ishlov berishning asosiy operatsiyalari.
– ag‘darish; – yumshatish; – zichlash; – aralashtirish; – tekislash; – begona o‘tlarni kesish; – ariq ochish, 
pushta va juyak hosil qilish.


Yuza tekislash (2d-rasm) – urug‘larni bir xil chuqurlikda qo‘mishni
ta’minlash, mashinalarning ish sharoitini va sug‘orishda suvni tekis tarqatishni
yaxshilash uchun dala yuzasidagi notekisliklarni yo‘qotish.
Begona o‘tlarni kesish va sug‘urish (2 e-rasm) – o‘simlik ildizlari va
poyalarini kesish va sug‘urish yo‘li bilan begona o‘tlarni mexanik yo‘qotish.
Pushta, jo‘yak hosil qilish va ariq ochish (2 j-rasm) tuproqning suv, havo –
termik va ozuqa rejimini sozlashga sharoit yaratadi.
Texnologik jarayon. Odatda, tuproqqa ishlov berish qurolining ishchi
organi yagona texnologik jarayonni tashqil qiladigan bir nechta texnologik
operatsiyalarni bir vaqtda bajaradi. Masalan, shudgorlash texnologik jarayoni
palaxsani egat tubi va devoridan kesib ajratish, ag‘darish, yumshatish (uvalash)
va aralashtirish operatsiyalaridan iborat. Quyidagi texnologik jarayonlar keng
qo‘llaniladi: shudgorlash, chuqur yumshatish, kulьtivatsiya qilish, boronalash,
molalash, chizelli ishlov berish, pushta olish va hokazo.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling