1. Tuproqning tuzilishi va tarkibi Tuproqning fizik xossalari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana07.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1753983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma`ruza

“Yetilganlik”


Tuproqqa mexanik ishlov berishda quvvat sarfini kamaytirish yo‘llari va usullarini
ishlab chiqish uchun uning har xil turdagi kuchlanishlarga mahkamlik chegarasini bilish
kerak. Shuni qayd qilish kerakki, strukturasi bo‘zilmagan (tabiiy holatdagi) tuproqning
har xil deformatsiyalarga qarshiligi yetarli darajada tekshirilmagan. Tekshirishlar
natijasida eng kam mahkamlik chegarasi cho‘zilishda, o‘rtachasi - siljishda va buralishda,
eng katta (maksimal) mahkamlik chegarasi esa siqilishda kuzatilgan.
Shuning uchun cho‘zilish deformatsiyasi yordamida ayrim strukturali agregatlarning
orasidagi bog‘liqlikni parchalash yo‘li bilan minimal quvvat sarf qilib tuproqni
yumshatishga erishish mumkin. Hozirgi vaqtda tuproqqa ishlov berish samarasini
oshirishning quyidagi usullarini keltirish mumkin:
- eng kam quvvat sig‘imli cho‘zilish deformatsiyasini qo‘llash;
- har xil tomonga yo‘nalgan deformatsiyalar bilan tuproqqa ta’sir qilish;
- “eng zaif zveno” usulini qo‘llash (eng kichik bog‘lanishlar chizig‘i bo‘yicha tuproqni
parchalash).
Har xil turdagi 
deformatsiyalarga 
qarshiligi


Tuproqqa ishlov berish mashinalari va qurollarining ko‘pchilik ishchi organlari hamda
energetik, tashuvchi va ishchi mashinalarning har xil tayanch yuzalari (g‘ildiraklar,
zanjirlar va boshqa) tuproq bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lganda uni ezadi. Shuning uchun
tuproqning ezishga qarshiligi faqat tuproqqa ishlov berish mashinalarinigina emas, balki
boshqa bir qator qishloq xo‘jaligi mashinalarining ham ish sharoitini baholash uchun eng
asosiy tavsiflardan biri hisoblanadi.
Tuproqning ezishga qarshiligi ko‘rsatkichini aniqlash uchun har xil turdagi quyidagi
o‘lchash uskunalari qo‘llaniladi: zarba ta’sirli, statik yuklamali, majburiy siljuvchi
deformatorli. Oddiy va qulay bo‘lgani uchun majburiy siljuvchi deformatorli o‘lchash
asbobi eng ko‘p qo‘llaniladi. Tuproqning ezishga qarshiligi ko‘rsatkichi tuproqni o‘rtacha
qattiqligi hisoblanadi, uni aniqlash uchun qo‘llaniladigan o‘lchash uskunasi esa qattiqlik

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling