Asosiy ishlov berish. Bu, odatda etishtirilgan o‘simlikdan keyin tuproqqa
birinchi chuqur (20...35 sm) ishlov berish. Asosiy ishlov berishga shudgorlash,
palaxsani
aylantirmasdan
chuqur
yumshatish,
frezerlash
(shudgorlash
chuqurligida) va chizellash (yumshatgich panjalar izlari oralig‘ida chuqur
yumshatish) kiradi.
Yuza ishlov berish ekish oldidan, ekish jarayonida yoki ekishdan keyin 14 sm
dan katta bo‘lmagan chuqurlikda o‘tkaziladi. U kultivatorlar, boronalar, g‘altaklar,
lushchilьniklar, motigalar bilan tuproqni yumshatish, aralashtirish yoki zichlash,
begona o‘tlarni kesish va o‘g‘itlarni qo‘mish maqsadida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: