1-tur javoblari
Islomdagi ilk shahid ayol Sumayyaning qotili kim edi?
Download 324.5 Kb.
|
islomiyviktorina
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-tur javoblari. Mavzu: Islom diniga oshkora davatning boshlanishi
19. Islomdagi ilk shahid ayol Sumayyaning qotili kim edi?
a) Abu Lahab b) Abu Jahl c) Umayya ibn Xalaf Javob: Abu Jahl. Izoh: Islomni dastlab qabul qilganlardan bir bu Yosir oilasi edi. Ular Mug’iyra o’g’illarining Amr ibn Hishom (Abu Jahl) qullari bo’lgan. Ularni Islomni qabul qilganini eshitgan Abu Jahl ularni oilaviy Makkaning Ramda degan dashtida azobu qiynoqlarga soladi. Va shu yerda Islomdagi eng birinchi shahid nomi bilan musulmonlar qalbida o’rin egallab qolgan Summayni qatl etdi. (“Saodat asri qissalari”) 20. Qurayshlik Nofal ibn Xuaylid Talha va yana bir boshqa sahobani ikki qo‘lidan bog‘lab, ularning ustilarida xar-xil qiynoqlarni o‘tkazish uchun, ikkovlarini Makkaning aqli zaiflari qo‘liga topshirdi. Shu sababdan Talha va uning do’stini “ikkisi bog‘langan” deb chaqirishar edi. Talha r.a. bilan “bog’langan” sahoba kim? a) Abu Bakr Siddiq b) Zubayr ibn Avvom c) Sa'd ibn Abu Vaqqos Javob: Abu Bakr Siddiq. Izoh: Nofal ibn Xuaylid, qurayshliklar bu kishini (qurayshning sheri) deb laqablashardi, Talxa ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anhu)ning yonlariga kelib, arqon bilan qo’llarini qattiq bog’ladi va Abu Bakr (rodiyallohu anhu)ni ham ikki qo’lidan bog’lab, ularni ustilarida har xil qiynoqlarni o’tkazish uchun, ikkovlarini Makkaning aqli zaiflari qo’liga topshirdi. Shu sababdan Talxa (roziyallohu anhu) va Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu)ni “ikkisi bog’langan” deb chaqirishar edi. (“Talha ibn Ubaydulloh”, Xolid Muhammad Xolid) 4-tur javoblari. Mavzu: Islom diniga oshkora da'vatning boshlanishi 1. Oshkora da’vatga asos bo‘lgan oyat qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? a) Toha surasi, 5-oyat b) Shuaro surasi, 214-oyat c) Hijr surasi, 94-oyat To’g’ri Javob: Hijr surasi, 94 oyat. Izoh: Mushriklarning tahdidi kuchayib ketganligi sababli Rasululloh SAV qurayshning katta yig’inlarida oshkora da’vat olib bormadilar. Musulmonlar pinhona ibodat qilishar, namozlarini ko‘pincha Makkaning tog’lariga chiqib, pana-pastqamda o‘qishardi. Ularning soni o‘ttizdan oshganda Rasululloh SAV hammalarini bir joyga jamlab, din ahkomlarini o‘rgatishlari va yo‘q-yo‘riq ko‘rsatishlari zarur bo‘lib qoldi. Shu maqsadda birinchilar qatori islom diniga o‘tgan Arqam ibn Abu Arqamning hovlisiga yig’ildilar. Shu paytgacha Hijr surasining: "Senga buyurilganini oshkora o‘rtaga tashla, mushriklar bilan teng bo‘lma", degan 94-oyati nozil bo‘lguncha maxfiy ish tutilgan edi. Bu oyat kelgach, Rasululloh SAV Allohning va’dasi va yordamiga ishonib, oshkora da’vatga o‘tdilar. (“Nurul Yaqin”) Download 324.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling