14. Payg'ambarimiz SAV nechcha yoshga
to'lgunlari qadar emizik onalari Halima qo'lida katta
bo'ldilar?
a) 5 yosh
b) 2 yosh
c) 4 yosh
Javob: 4 yosh
Izoh: Rasululloh SAV 4 yoshga to’lganlarida Shaqqi
sadr hodisasi bo’lib, onalari Halima qo’rqib o’z onalari
Ominaga topshirgunlaricha o’sha xonadonda
bo’lganlar. (”Nurul-yaqiyn”)
15. "Shaqqi sadr", ya'ni ko'krak yorilish voqeasi
Rasululloh SAV hayotlari davomida ikkinchi marta
qachon yuz bergan?
a) Ilk vahiy tushganda
b) Me'rojga chiqqanlarida
c) Hajjatul vado'da
Javob: Me'rojga chiqqanlarida
Izoh: Rasululloh SAV hayotlari davomida Shaqqi sadr
voqeasi ikkinchi marta Me’roj kechasi, Isro voqeasidan
oldin, Ka’ba yonida bo’lgan. “Ey Muhammad a.s. Biz
sizning ko’ksingizni (qalbingizni) ochib qo’ymadikmi?!”
(“Sharh” surasi, 1-oyat.
Bu oyatda Muhammadning SAV Isro kechasidagi
“Shaqqi Sadr” voqeasiga sihora bor. “Tafsiri Ibi Kasiyr.
16. Onalari Omina payg'ambar SAV bilan nima
maqsadda Madina safariga chiqdilar?
a) Tijorat
b) Sayohat
c) Ziyorat
Javob: Ziyorat
Izoh: Muhammad sav 6 yoshga to’lganlari onalari
Omina bobolari Abdumutallibning maslahtiga ko’ra
Yasribga (Madina) ham qarindoshlarini, ham jufti haloli
bo’lgan Abdullohning qabrini ziyorat qilish maqsadida
o’g’li Muhammadni va cho’risi Ummu Aymanni olib
yo’lga tushadilar. (“Nurul yaqiyn”, “Tarixi Muhammadiy”)
17. Onalari Ominaning o'limidan keyin payg'ambar
SAVni tarbiya qilgan ayol kim?
a) Halima
b) Ummu Ayman
c) Suvayba
Javob: Ummu Ayman
Izoh: Omina bir oydan ko’proq vaqt Madinada
bo’lganidan keyin o’g’li va cho’risi bilan Makkaga
qayitsh uchun yo’lga chiqdi. Lekin ajal uni Makka va
Madina oralig’ida Abvo degan joyda quvib yetdi va
jonini mahv etdi. Shundan keyin Muhammad sav
butunlay yetim bo’lib cho’rilari Ummu Ayman qo’lida
qoldi va tarbiyalandi. Muhammad SAV keyinchalik
Ummu Ayman haqida:”Tuqqan onamdan keyingi
onamdir “deya iltifot ko’rsatganlar. (“Nurul yaqiyn”,
“Tarixi Muhammadiy”)
Do'stlaringiz bilan baham: |