International Air Transport Association)
|
hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti ICAOning siyosatini amalga oshirish. Asosiy vazifasi ‒ yo’lovchilar, pochta va yuklarni dunyoning bir nuqtasidan boshqasiga turli xil kombinatsiyadagi marshrutlardan foydalangan holda ko’chirishga ko’maklashish hisoblanadi. Bu vazifani tashkilot havo transporti kompaniyalari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish, ya’ni tashkilotning barcha a’zolari uchun yagona qoida va tartibotlarni kiritish, xalqaro marshrutlar yo’lovchilarni tashish bo’yicha kelishilgan tariflarni o’rnatish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiradi. Bugungi kunda 259 ta xalqaro miqyosda faoliyat olib boruvchi aviakompaniyalar ushbu tashkilotning a’zolari hisoblanadi.
|
Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti
(ICAO ‒ International Civil Aviation
Organisation)
|
1944-yilda tashkil topgan. ICAO ‒ BMT qanoti ostida faoliyat yurituvchi va o’z faoliyatini ―millatlar tengligi‖ tamoyili asosida amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot.
ICAOning asosiy vazifalari - xalqaro standartlar va me’yorlarga asosan xavfsiz, yuqori ixtisoslashtirilgan, iqtisodiy jihatdan samarali havo transportida tashish xizmatlari bozorining rivojlanishini ta’minlashdan iborat.
|
Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari turistik
assotsiatsiyasi (PATA ‒
Pacific Asia Travel
Association)sayti www.pata.org.
|
1951-yilda tashkil topgan. PATA ‒ 34 ta mamlakatning milliy davlat turistik tashkilotlari, transport va mehmonxonalar assotsiatsiyalari va turizm industriyasining boshqa tashkilotlarini namoyon etuvchi 2200 ta a’zolarni mujassamlashtirgan hududiy miqyosdagi nodavlat xalqaro turistik tashkilot hisoblanadi.
Tashkilotning asosiy maqsadi Tinch okeani va Osiyo hududida turizmning rivojlanishiga ko’maklashish hisoblanadi. Tashkilot a’zolari turizmning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muammolar borasida o’zaro fikr almashadilar, Tinch okeani va Osiyo hududida uning rivojlanish istiqbollari borasida hamkorlikda tadbirlar amalga oshiradilar. Assotsiatsiya faoliyati davomida o’z a’zolarining marketing tadqiqotlari, ilmiy ishlanmalari va turizm sohasini rivojlanishi bilan bog’liq boshqa faoliyatlarini muhim, aniq ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun xizmat qilmoqda.
|