1. Turizm sohasining xalqaro tashkilotlari


Download 127.21 Kb.
bet6/8
Sana28.10.2023
Hajmi127.21 Kb.
#1731904
1   2   3   4   5   6   7   8
BTTning asosiy maqsadi turizmda barchaga maqbul bo’lgan iqtisodiy o’sish, xalqaro savdo va xalqaro xo’jalik munosabatlarini tiklash, millatlararo totuvlik, tinchlik, mustaqillikka nisbatan hurmatni shakllantirish hisoblanadi.
BTTning asosiy faoliyat yo’nalishlari: ―Turistlar harakati va rasmiyatchilikni soddalashtirish; turizmni tartibga solish qonunlarini muvofiqlashtirish, shu jumladan, favqulotda vaziyatlar (epidemiya, tabiiy ofatlar va hokazo) yuzaga kelganda; mamlakatlarga turistik tomonlar o’zaro faoliyatini tartibga solish siyosatini ishlab chiqishga yordam berish‖.
BTTning tashkiliy tuzilmasi:  Bosh Assambleya.

  • Ijro qo’mitasi.

  • Hududiy komissiyalar.

  • Qo’mitalar.  Kotibiyat.

Bosh Assambleya BTTning bosh yig’ilishi sanaladi. U har ikkiyilda tashkilot budjeti va ish dasturini tasdiqlash hamda turizm sohasi uchun o’ta muhim bo’lgan masalalarni muhokama qilish uchun yig’iladi. Har to’rt yilda u Bosh kotibni saylaydi. Bosh Assambleya amaldagi va assotsiyatsiyalashgan a’zolardan iborat. Qo’shilgan a’zolar va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi. Xalqaro turizm etikasi komiteti Bosh Assambleya yordamchi tashkiloti hisoblanadi.
Ijroiya qo’mitasi. BTTning Ijro qo’mitasi boshqaruvchi qo’mita bo’lib, tashkilot o’z ishini amalga oshirishi va o’z budjetiga rioya qilishini ta’minlashga javobgardir. U har ikki yildan ko’p bo’lmagan mudddatda yig’iladi va Bosh Assambleya tomonidan har besh amaldagi a’zoga bitta vakil to’g’ri keladigan tartibda saylanadigan a’zolardan tashkil topadi. BTTning qarorgohi qabul qiluvchi sifatida, Ispaniya Ijro qo’mitasida doimiy o’ringa ega. Hududiy komissiyalar. YUNVTO 6 ta Afrika, Amerika, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani, Yevropa va Janubiy Osiyoda hududiy komissiyalariga ega.
Qo’mitalar. BTTning maxsus qo’mitalariga dastur tarkibi va uni boshqarish bo’yicha a’zolar kiradi. Ularga, Dastur va budjet qo’mitasi, Statistika va turizmning yordamchi hisoblari qo’mitasi, Turizm va raqobatbardoshlik qo’mitasi, Turizm va barqaror rivojlanish sohasi bo’yicha qo’mita, Turizm etikasi bo’yicha xalqaro qo’mita va A’zo bo’lish bo’yicha tushgan arizalarni ko’rib chiqish qo’mitasi.
Kotibiyat. Kotibiyat boshlig’i Bosh kotib Taleb Rifai hisoblanib, u BTTni Madriddagi qarorgohida faoliyat yurituvchi 110 nafar xodimlarni boshqaradi. Ushbu xodimlar BTTning dasturlari bajarilishini va a’zo mamlakatlar ehtiyojlarini qondirish ustida ish olib boradilar. Kotibiyat Yaponiyaning Nara shahrida joylashgan va Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Osiyo-Tinch okeani uchun hududiy qo’llab-quvvatlash markazini ham o’z ichiga oladi. BTTning rasmiy tillari arabcha, inglizcha, fransuzcha, ruscha va ispanchadir.
Hamkorlik. Butunjahon turizm tashkiloti turizm sohasini rivojlantiruvchi loyihalarni amalga oshiradi va moliyalashtiradi, turizmni barqaror rivojlantirish uchun turistik faoliyat tajribasini rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ulashadi. BTT BMTning
Rivojlanish dasturi bo’yicha ijro etuvchi agentligi hisoblanadi.
BTTning katta loyihalari: Pokistonda turizmni rivojlantirishning bosh rejasi (2001), Xitoy provinsiyalarida turizmni rivojlantirishning bosh rejasi (2000-2002), Ruandada milliy bog’larni rivojlantirish (1999), Moldaviyada turizmni rivojlantirish strategiyasi (1999).

Download 127.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling