International Association of Scientific Experts in
Tourism)
|
1951-yilda tashkil bo’lgan. AIEST‒ ilmiy jamiyat xususiyatiga ega xalqaro turistik tashkilot. Asosiy vazifasi ‒ turizm uchun malakali kadrlarni tayyorlash bo’yicha ixtisoslashgan ilmiy turistik muassasalar va markazlar faoliyatlarini qo’llabquvvatlash, turizm yo’nalishida tajriba almashish chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali o’z a’zolarining ilmiy-izlanuvchilik faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash.
|
Yevropa turistik komissiyasi (ETC,
European Tourism Commission)
|
1948-yilda tashkil topgan. 23ta Yevropa davlatlari ushbu turistik tashkilot a’zolari hisoblanadi. Asosiy maqsadi ‒ Yevropada ichki va kiruvchi turizm rivojlanishini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
|
Turistik agentlar xalqaro assotsiatsiyasi
(WATAWorld Association of Travel Agencies)
|
1949-yilda tashkil topgan. Ushbu assotsiatsiyada turli xil davlatlar turistik agentlari belgilangan shakldagi vakillik asosida ishtirok etadilar. Asosiy maqsadi ‒ assotsiatsiyaga a’zo turagentlar faoliyatini rag’batlantirish hamda turoperatorlar va transport tashkilotlari oldida ularning manfaatlarini himoya qilish. Bugungi kunda 93ta mamlakatda 286ta a’zolarini o’zaro birlashtiradi.
|
Xalqaro mehmonxonalar
va restoranlar
assotsiatsiyasi (IH&RA
International Hotel and Restaurant
Association)
|
Xalqaro mehmonxona egalari assotsiatsiyasi negizida 1946-yilda tashkil topgan. Asosiy vazifasi ‒ turistlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan milliy mehmonxonalar assotsiatsiyalari hamda alohida mehmonxona va restoranlarni birlashtirish, shuningdek, mehmonxona va restoran egalarining shaxsiy huquq va manfaatlarini himoya qilish.
|
Xalqaro mehmonxonalar assotsiatsiyasi (IHA
|