International Hotel
Association)
|
Asosiy vazifasi ‒ turistik xizmatlar sifatini oshirish, xizmat ko’rsatish yangi standartlarini va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, mehmonxona personalining xizmat ko’rsatish saviyasini oshirish masalalari bo’yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida mehmonxona industriyasi tashkilotlarini birlashtirish.
|
Turizm sohasida kasbiy ta’lim bo’yicha Xalqaro assotsiatsiya
(AMFORT L'Association mondiale pour la formation touristique)
|
1969-yilda tashkil etilgan. Turistik ta’lim yo’nalishida yangi texnik vositalarni joriy etish, ta’lim dasturlarini standartlashtirish va tartibga solish, mutaxassis kadrlarni tayyorlash usullarini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan. Turli xil davlatlar tadqiqot markazlari, o’quv muassasalari, rasmiy turistik tashkilotlar va turizm sohasi mutaxassislari ushbu xalqaro tashkilot a’zolari hisoblanadi. AMFORT tashabbusi bilan turizm sohasi mutaxassisi Xalqaro guvohnomasi chiqarilgan.
|
Xalqaro turoperatorlar assotsiatsiyasi
(IFTOInternationalFeder ation of Tour Operators)
|
Turli xil davlatlar milliy turoperatorlar assotsiatsiyalari va alohida turoperatorlik tashkilotlari ushbu xalqaro tashkilot a’zolari hisoblanadi. Asosiy maqsadi ‒ xalqaro turizmni rivojlantirish masalalarining birgalikda yechimlarini aniqlash hamda turoperatorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish.
|
Xalqaro sotsial turizm byurosi
(BITSBureauinternationa l du tourisme social)
|
1963-yilda tashkil topgan. BITS nodavlat xalqaro turistik tashkilot hisoblanib, haqiqiy a’zolari sotsial turizm sohasiga ixtisoslashgan xalqaro va milliy turistik tashkilotlar hisoblanadi. Asosiy maqsadi ‒ turli mamlakatlar kasaba uyushmalari va turistik tashkilotlarining sotsial turizmni rivojlantirish yo’nalishidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish.
|
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining turizm bo’yicha Kengashi
|
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining turizm bo’yicha Kengashi MDH hukumati rahbarlari qarorlariga asosan tashkil etilgan hukumatlararo turistik tashkilot hisoblanadi. Kengash faoliyati a’zo-davlatlar o’rtasida turistik aloqalarni takomillashtirish va mustahkamlashga qaratilgan. Buning uchun statistik hisobotning, litsenziyalashning yagona qoidalari, shakllari va tartiblari ishlab chiqilgan, turistik xizmatlarni standartlashtirishning yagona tizimi shakllantirilgan, kadrlarni tayyorlash va turistlarning xavfsizligini ta’minlash, MDH hududlarida mehmonxonalarni klassifikatsiyalashning yagona talablarini kiritish bo’yicha hamkorlik aloqalari o’rnatilgan hamda turistik rasmiyatchilik soddalashtirilgan.
|
Manba: Alimova M.T. ―Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari (Samarqand viloyati misolida)‖. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. 2017 y. Jahonda turizmni rivojlantirish bo’yicha eng nufuzli Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti
Butunjahon turizm tashkiloti, YUNVTO, BMT BTT (inglizchaUnited Nations Vorld Tourism Organization; UNVTO; fransuzchaOrganisation Mondiale du Tourisme; OMT; ispanchaOrganizakión Mundial del Turismo; OMT) – BMT qoshidagi tashkilot bo’lib, barqaror va hammabop turizmni rivojlantirish bilan shug’ullanadi. Bu tashkilot turizm sohasidagi dunyodagi eng nufuzli xalqaro yetakchi tashkilot hisoblanadi.
Tashkilotning shtab-kvartirasi Madridda joylashgan. Bosh kotib – Taleb Rifai (Iordaniya).
1925-yilda Gaagada Rasmiy turistik assotsiatsiyalar xalqaro kongressi (IKOTT) sifatida tuzilgan. Ikkinchi Jahon urushidan so’ng Rasmiy turistik tashkilotlar xalqaro birlashmasi (IUOTO; MSOTO) (qarorgohi Jeneva shahrida joylashgan) deb qayta nomlangan. Mazkur tashkilot 154 ta mamlakat, 7 hudud va 400dan ortiq hududiy davlat shoxobchalari, turistik birlashmalar, turizm va servis oliy ta’lim muassasalari, havo yo’llari mehmonxona guruhlari va turoperatorlardan iborat xususiy kompaniya sektorlaridan tashkil topgandir. Umuman olganda, BTT 1975-yil 2-yanvarda tashkil topgan deb tushuniladi. Shu kuni uning ustav normalari va qonunlari kuchga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |