1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi. Kantellion g‘oyalari


Shuningdek, mehnat taqsimoti Smitning bozorning kengayishi hamda kapitalning jamg‘arilishi haqidagi flkriga ham bog‘liq


Download 156 Kb.
bet7/19
Sana18.06.2023
Hajmi156 Kb.
#1581353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
3-Mavzu (1)

Shuningdek, mehnat taqsimoti Smitning bozorning kengayishi hamda kapitalning jamg‘arilishi haqidagi flkriga ham bog‘liq. Bozor qanchalik katta bo‘lsa, tovar shuncha ko‘p miqdorda sotiladi va mehnat taqsimotiga imkoniyat shunchalik oshadi. Cheklangan bozor o‘z navbatida cheklangan mehnatni talab qiladi. Mehnat taqsimoti kapital jamg'armasi orqali cheklab qo‘yilgan, chunki ishlab chiqarish jarayoni juda vaqtni oladigan jarayon bo‘lib, ishning boshidan to mahsulot tayyor bo‘lib sotilgunga qadar orada ancha vaqt bor.
Mehnat taqsimotining ortishi bilan ishchilaming o‘zlari uchun ishlab chiqarishlariga hojat qolmaydi va iste’mol tovarlari zahirasi paydo bo‘ladi. Kapitalistning asosiy vazifasi ishlab chiqarish boshlanganidan to mahsulot sotilgunga qadar ketadigan vaqtni qisqartirishdir. Shiming uchun Smit quyidagi xulosaga keldi: “Resurslaming jamlanish jarayoni mehnat taqsimotidan oldin bo‘lishi talab etiladi va shu sababdan zahiralar qancha ko‘p jamg‘arilsa, mehnat shuncha samarali taqsimlanadi”3
A.Smit asarining nazariy qismining asosiy g‘oyalarini ko‘rib chiqamiz.
A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari: a) boylikni ko‘paytirish: mehnat taqsimoti, pul, kapital
A.Smit o‘z kitobida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va uning farovonligini oshirishni markaziy o‘ringa qo‘yadi. Asaming boshida A.Smit boylikni chinakam yaratuvchi bu “har bir xalqning yillik mehnati” deb ko‘rsatib o‘tadi. Demak, boylikning manbayi - mehnat. A.Smit bu fikmi rivojlantirib, mehnat taqsimoti boylikni yaratishda asosiy omil hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Chunki mehnat taqsimoti asosida uning unumdorligi oshadi. Muallif bu tezisni to‘g‘nog‘ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab beradi. Ustaxonada o‘n kishi ishlaydi. Ular o‘rtasida mehnat taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni to‘g‘rilaydi, uchinchisi kesadi, to‘rtinchisi uchini o‘tkirlaydi va h.k. Bir kimda bu o‘n kishi 48000 to‘g‘nog‘ich, ya’ni har bir kishi 4800 donadan to‘g‘nog‘ich ishlab chiqaradi. Agar ular bir - birlariga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaganlarida, ulaming hech qaysisi bir kunda 20 dan ko‘p to‘g‘nog‘ich tayyorlay olmagan bo‘lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko‘proq oshgan.
A.Smitning fikri bo‘yicha mehnat taqsimoti milliy mahsulot yaratish jarayonida odamlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishning juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarayonini amalga oshirishda kishilaming chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o‘tishga hojat bo‘lmaydi; ular o‘z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Taraqqiyot va jamiyat farovonligining haqiqiy manbayi «tabiat in’omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga ixtisoslashuvni chuqurlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi, negaki birinchidan, agar yaratilgan qo‘shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni yanada taqsimlashga zarurat boTmaydi, ikkinchidan, korxonalaming koTami qancha kichik boTsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar shuncha kam boTadi (foydalanayotgan kapital miqdoriga qarab).



Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling