1. Uglevodorodlar. Tabiiy gazning fizik xususiyatlari: Neftni tashkil etuvchi asosiy kimyoviy elementlar


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana24.12.2022
Hajmi1.4 Mb.
#1054826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mus.ish

Neftni qayta ishlash. Neftni qayta ishlashning asosiy vazifasi xom neftdan 
kerakli fraksiyalarni olishdir. Bularning barchasi haydash ustunlarida sodir 
bo‗ladi, bu har qanday neftni qayta ishlash zavodining tashqi ko‗rinishidagi eng 
ifodali detalidir. Ushbu ulkan silindrlarda haydash uzluksiz davom etadi.
Neft ikkita asosiy komponentga ajralishi mumkin, bular: uglerod (taxminan 
85%) va vodorod (taxminan 15%). Benzin neftdan ikkita asosiy: bu ―to‗g‗ridan- 
to‗g‗ri haydash‖ jarayoni va ko‗plab nomlarga ega bo‗lgan yanada rivojlangan 
jarayon - platforming, riforming, gidroriforming qilish yoki eng mashhur termal 
va katalitik kreking usulida olinadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydash.
 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri haydash jarayoni juda qadimiy usul bo‗lib, u benzinli 
dvigatellar paydo bo‗lishining boshida ixtiro qilingan. Fizik jarayonning o‗zi 
neftni qizdirish va undan kerakli kompozitsiyalarni o‗z navbatida bug‗lashdan 
iborat. Jarayon atmosfera bosimida va gaz chiqishi nayi o‗rnatilgan yopiq idishda 
sodir bo‗ladi.


Qizdirilganda neftdan uchuvchi birikmalar:
• 
35 dan 200°C gacha bo‗lgan haroratda – benzin;
• 
150 dan 305°C gacha bo‗lgan haroratda – kerosin;
• 
150 dan 360°C gacha bo‗lgan – dizel yoqilg‗isi bug‗lana 
boshlaydi. Keyin ular oddiygina boshqa idishga quyiladi.
Ammo bu usul juda ko‗p kamchiliklarga ega: juda kam yoqilg‗i – bir litrdan 
atigi 150 ml benzin olinadi. Olingan benzinning oktan soni taxminan 50–60. 
Oktan soni 92 – 95 gacha bo‗lgan benzin olish uchun boshqa usul zarur. Shu 
sababli ko‗plab neftni qayta ishlash korxonalari hozirda yanada foydali, ilg‗or 
ishlab chiqarish usuliga o‗tdilar.
Neftning boshqa fraksiyalari hisobiga benzin unumini oshirish maqsadida 
krekingdan foydalaniladi:
Propan 
Propen
Neft krekingi benzinning chiqish unumini oshirishga imkon beradi. Bu jarayon 
natijasida neft tarkibiga kiruvchi yuqori molekulyar uglevodorodlar parchalanib
quyi molekulyar uglevodorodlar hosil bo‘ladi. Kreking jarayonida neftdagi 
uglevodorodlar parchalanishi bilan bir qatorda degidrogenlash, sikllanish

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling