II BOB
94
ichki devorlari issiqqa chidamli silikatli g‗ishtlar bilan qoplangan bo‗ladi.
Toshko‘mirni kokslashda asosiy mahsulotlar
:
•
Koks gazi – undan texnik benzol (oson qaynovchi arenlar
aralashmasi) olinadi.
•
•
Toshko‘mir smolasi – uni haydash yo‗li bilan arenlar,
fenollar, piridin hosilalariga ajratiladi. Bular qimmatbaho xomashyo bo‗lib,
ulardan bo‗yoqlar,
erituvchilar, portlovchi moddalar,
dorivor va parfyumeriya
mahsulotlari, pestitsidlar ishlab chiqariladi.
•
Toshko‘mir peki – asfalt tayyorlashda va to‗ldiruvchi vosita
sifatida foydalaniladi.
•
Koks metallurgiyada, gazli ko‗mirdan olingani esa sintez gaz
va
kalsiy karbid ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Tajriba.
Ko‘mirni kokslash. Spirt lampa yoqiladi, probirkaga ko‗mir solib tiqin
yopilgan holda qizdiriladi.
Gaz ajralib chiqishi, suyuqlik to‗planishi kuzatiladi.
Xulosa.Laboratoriya sharoitida kokslash jarayonini kuzatish va bu jarayonning
mahsulotlarini ko‗rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: