1. Umumiy tushunchalar; Xususiy elektr o‘tkazuvchanlik


Download 0.63 Mb.
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1208213
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Презентация Mikroprotsessorli texnika


2-MA’RUZA
Mikroelеktronika matеriallarinig tasnifi. Mikroelеktronikaning rivojlanishining zamonaviy tеndеntsiyalari
REJA
1. Umumiy tushunchalar;
2. Xususiy elektr o‘tkazuvchanlik;
3. Kiritmali elektr o‘tkazuvchanlik;
4. Zaryad tashuvchilar harakatchanligi;
5. Diffuziya koeffitsienti.
Zamonaviy elektronika kurilmalari yarim o‘tkazgichli materiallardan tayyorlanadi. Yarim o‘tkazgichlar kristall, amorf va suyuk bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichli texnikada asosan kristall yarim o‘tkazgichlar (1010asosiy modda tarkibida bir atomdan ortiq bo‘lmagan kiritma monokristallari) qo‘llaniladi. Odatda yarim o‘tkazgichlarga solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi metallar va dielektriklar oraligida bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar kiradi (ularning nomi xam shundan kelib chiqadi). Xona temperaturasida ularning solishtirma zlektr o‘tkazuvchanligi 10-8dan 105 gacha Sm/m (metrga Simens)ni tashkil etadi. Metallarda σ=106-108 Sm/m. dielektriklarda esa σ=108-10-13 Sm/m .
Xap-bir qattiq jism ko‘p sonli bir-biri bilan kuchli o‘zaro ta’sirlashayotgan atomlardan tarkib topgan. Shu sababli bir bo‘lak qattiq jism tarkibidagi atomlar majmuasi yagona tuzilma deb qaraladi. Qattik jismda atomlar bog‘likligi atomning tashqi qobig‘idagi elektronlarni juft bo‘lib birlashishlari (va elektronlar) natijasida yuzaga keladi. Bunday bog‘lanish kovalent bog‘lanish deb ataladi.
Atomdagi biror elektron kabi valent elektron energiyasn Wxam diskret yoki kvantlangan bo‘ladi, ya’ni elektron energetik sath deb ataluvchi biror ruxsat etilgan energiya qiymatiga ega bo‘ladi. Energetik satxlar elektronlar uchun ta’qiqlangan energiyalar bilan ajratilgan. Ular ta’qiqlangan zonalar deb ataladi.
Kattik jismlarda ko‘shni elektronlar bir-biriga juda yakin joylashganligi uchun, energetik satxlarni siljishi va jralishiga olib keladi va natijada ruxsat etilgan energetik zonalar yuzaga keladi.
Energetik zonada ruxsat etilgan satxlar soni kristaldagi atomlar soniga teng bo‘ladi. Ruxsat etilgan zonalar kengligi odatda bir necha elektron - voltga teng (elektron - volt - bu 1Bga teng bulgan potensiallar farqini yengib o‘tgan elektronning olgan energiyasi). Ruxsat etilgan zonadagi minimal energiya satxi tubi (Wc), maksimal energiya ishi esa (Wv) deb ataladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling