1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet41/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
OQ KEMA
(Ertakdan so‘ng)
Kunduzlari, odatda tush vaqtiga borib, bola serpoya shiroljinlar g‘uj bo‘lib o‘sgan tomonga jo‘nashni yaxshi ko‘rardi. Shiroljin baland bo‘yli, gulsiz, lekin xushbo‘y hidli bo‘ladi. Ular yon-veriga boshqa o‘simlikni yo‘latmay to‘da-to‘da bo‘lib, alohida o‘sadi. Shiroljin sadoqatli do‘stdir. Ayniqsa, biror ko‘ngilsizlik yuz berib, pinhona yig‘laging kelganda shiroljin tagidan yaxshi panoh topish mumkin. Ular o‘rmon yoqasidagi qarag‘ayzorlar singari yoqimli hid taratib turadi. Shiroljinlar quchog‘i qaynoq va sokin. Avval ko‘z yoshlari orasidan hech narsani ajrata olmaysan. Keyinchalik esa, bulutlar suzib ketadi va sen o‘ylayotgan narsalar osmonda, ko‘z oldingda aniq namoyon bo‘la boshlaydi. Bulutlar yaxshi biladi: ko‘ngling ancha noxush, qayoqlargadir jo‘nab qolging yoki uchib ketging keladi, toki seni topolmay oh-voh qilishsin: «Eh, bolagina, bedarak ketdi-ya, endi uni qayerdan topamiz» deb kuyib yurishsin. Bunday bo‘lmasligi uchun — sen yo‘qolib qolmasliging va jimgina yotib, bulutlardan zavqlanishing uchun sen nimani istasang, bulutlar o‘shanga aylanib qoladi. O‘sha birgina bulutning o‘zidan turli-tuman shakllar yuzaga kela boshlaydi. Faqat bulutlar qanday shaklga kirayotganini ko‘rib bilsang bas.
Shiroljinlar tagi jimjit, ular osmonni to‘smaydi. U o‘tlar to‘g‘risida ko‘p narsa bilardi. Suv bosadigan pichanzorlardagi kumushrang supurgio‘tlarga rahmi kelardi, juda g‘alati-da bu supurgio‘tlar, havoyi juda. Ularning ipakdek mayin popuklari shamolsiz yasholmaydi. Shamolni kutgani-kutgan, shamol qayoqqa essa, o‘sha yoqqa egilib, yoppasiga salom beradi. Agar yomg‘ir quyib bersa yoki momaqaldiroq boshlanib qolsa bormi, giyohlar qayerga bosh suqishini bilmay qoladi. Oyoqlari bo‘lganda-yu, ehtimol, ko‘z yetgan joygacha qochib qolisharmidi... Yo‘q, ular o‘zlarini mug‘ambirlikka solishyapti. Momaqaldiroq tinsin-a, havoyi supurgio‘tlar — yana shamolning hukmida, shamol qayoqqa essa, ular ham o‘sha yoqqa egila boshlaydi.
Bola yolg‘iz, jo‘ralarsiz mana shu sodda, bayov narsalar qurshovida yashardi, avtolavkagina hamma narsani unutishga, ko‘ringanda chopishga majbur qila olardi. Shuning uchun ko‘chma do‘konni ko‘rgan zahoti hamma narsani unutib, o‘zini o‘sha tomonga otardi. Nimasini aytasan, ko‘chma do‘kon — bu senga allaqanday tosh yoki o‘tlar emas. Unda kishining jonidan bo‘lak hamma narsa bor!
Bola uyiga yetib kelganida ko‘chma do‘kon ham orqa tomondan hovliga yaqinlashib qolgan edi. O‘rmon xo‘jaligi qorovulxonasiga qarashli bu uylar daryoga qaratib solingan. Hovlilar qiyalab qirg‘oqqa tutashar, daryoning narigi qirg‘og‘ida esa o‘rmon suv yuvgan jar chetidan boshlanib, toqqa qarab ko‘tarilib ketar edi. Shuning uchun ham o‘rmon xo‘jaligiga qarashli qorovulxonaga yo‘l uylarning orqa tomonidan aylanib kelardi. Bola o‘z vaqtida yetib kelmaganida ko‘chma do‘kon kelganini hech kim bilmay qolardi.
Bu payt erkaklardan hech kim yo‘q, hammalari ertalaboq tarqab ketishgan, ayollar uy ishlari bilan mashg‘ul edi. Bola ochiq turgan eshiklarning oldidan quloqni qomatga keltirib qichqirib o‘tdi:
— Keldi! Mashina-magazin keldi!
Ayollar tipirchilab qolishdi. Yashirib qo‘ygan pullarini topish uchun yugurib qolishdi, uylaridan otilib chiqqanlaricha bir-birlaridan o‘zib ketishdi. Mashina oldiga chopishdi, hatto buvisi uni maqtab qo‘ydi:



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling