1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet43/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Ramz — (simvol) grekcha «symbolon» so‘zidan olingan bo‘lib, qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birini tanib olishi uchun qo‘llanilgan shartli belgini anglatgan. Badiiy adabiyotda ramz keng foydalaniladigan tasvir usullaridan biri bo‘lib, aniq tasavvur etish qiyin bo‘lgan hodisa yoki tushunchalarni odamning ko‘z oldiga yaqqol keltiradigan narsalar orqali ifodalashni bildiradi. Misol uchun ayyorlikni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Lekin tulkining juda ayyor jonivor ekanligi ma’lum va uni ko‘rsa bo‘ladi. Shu bois badiiy adabiyotda tulki ayyorlik ramzi sifatida qabul etilgan. Burgut, arslon, ohu, bulbul, tuya va hokazo jonivorlarning timsollarini ham ramziy ma’noda qo‘llash mumkin.
«Oq kema» qissasida Shoxdor ona bug‘u ramziy obraz bo‘lib, u hech qachon tamomila yo‘qotib bo‘lmaydigan ezgulik, yaxshilik, olijanoblik, mehr-oqibat timsolidir. Ayni vaqtda, Ona bug‘uni xalq ramzi deyish ham mumkin. Qissada, shuningdek, baliq va oq kema ham o‘z o‘rinlarida ramziy ma’no tashiydi. Chunonchi, bola uchun baliq erk va qudrat ramzi. Chunki u suvda juda uzoq suza oladi. Yana ko‘zini ham yummaydi, nafasi ham qaytmaydi. Oq kema — to‘kislik, mehr-u oqibat, diydor ramzi. Bolaning nazarida, oq kemaga yetib olsa, otasini topadi. Badiiy asarlarda ba’zan narsalar o‘zlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishli bo‘lmaydigan ma’noga ega tarzda tasvirlanishi ham mumkin. Ana shunday ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan timsollar ramziy obrazlar hisoblanadi.
Qissa qahramoni hayotda mehr ko‘rmagan, uning bobosidan boshqa suyanadigan odami, yaxshilik qilish mumkin bo‘lgan kishisi yo‘q. Shu bois u hayotda ko‘rmaganlarini xayolda yaratib, izlaganlarini ramzlardan topishga urinadi. U bir bola sifatida ota-onasining mehrini qo‘msaydi, ularga intiladi. Oq kemada otamni ko‘raman deb o‘ylagani sabab uni diydorning, oqibatning ramzi deb qaraydi. Aynan shunday ramziy ma’no bug‘u obraziga ham yuklangan.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling