1. Ustav nima
Birinchi muammoli holatni tahlil qilishdan oldin
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyingi muammoni tahlil qilsak
- Keyingi muammoni xulosa sifatida keltirsak
Birinchi muammoli holatni tahlil qilishdan oldin, muomala layoqati haqida tushuncha berib ketadigan bo’lsak. O’zbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksi 22-moddasiga binoan, muomala layoqati – bu fuqaro va yuridik shaxslarning o‘z harakati orqali huquqqa ega bo’lishi hamda o’z majburiyatlarini anglay olish qobiliyatidir. Muomalaga layoqatsiz deb topish - bunda ruhiy nosog’lom shaxslarga nisbatan ushbu atama ishlatiladi. Muomala layoqatini cheklash esa – spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar iste’mol qilishi natijasida oilasiga moddiy daromad olib kelmasligi tushuniladi. Arizachi Murodova turmush o’rtog’i Husanning tushunish va aqliy tahlil qilish qobiliyati asta- sekin tiklanganligi, hozirgi kunda uning ahvoli ancha yaxshiligi to’g’risida sudga murojaat qilgan. Albatta sudda uning gaplarini isbotlash uchun yetarli dalillar bo’lmagani tabiiy, ya’ni arizachi Murodova o’z gaplarini og’zaki tarzda ifoda qilgan. Ya’ni huquqiy jihatdan isbotga asoslanmagan holda o’z fikrini bildirgan. Albatta bu holatda sud Murodovaning gaplarini inkor qilish huquqiga ega.
Keyingi muammoni tahlil qilsak, bu vaziyatda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs Xusanning vasiysi Alimova esa ekpertiza xulosasiga asosangan holda, Xusanning hali anglash qobiliyati sustligini bildirib, muomalaga layoqatli deb topish keraligini rad etgan. ‘‘Vasiylik va homiylik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni 31-moddasiga binoan vasiy yoki homiy qonuniy asoslarsz o’zida ushlab turgan vasiylik yoki homiylikdagi shaxsni uning ota-onasidan hamda yaqin qarindoshlaridan qaytarib olish huquqiga ega. Vaziyatdan kelib chiqqan holda viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ham Xusanni hali to’liq muomalaga layoqatli deb topmadi. Bundan tashqari Xusanning vasiyi hisoblanmish Alimova fuqarolik kodeksi 32-moddasi 2-bandiga ko’ra o’z qarovidagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatda, sudda hech qanday vakolatsiz himoya qilish huquqiga ega. Mana shu qonuniy asos bilan u Xusanning muomala layoqatining cheklanishini davom etishini aytgan sud jarayonida. Hamda bu gaplariga yetarli asos bor. Keyingi muammoni xulosa sifatida keltirsak, bunda albaata Xusanning turmush o’rtog’i o’z shaxsiy manfaatlarini o’ylagan holda sudga murojaat qilgan bo’lishi ham mumkin, buning ustiga unda yetarli qonuniy asos yo’q. Xusanning vasiyi Alimova esa ekpertizaning natijasi salbiy ekani, hali Xusan muomalaga to’la layoqatli emasligini bildirgan. Ushbu vaziyatda Alimovaning yetarli asoslari mavjudligi sabab sud uning foydasiga qaror qabul qilgan albatta. 10-kazus Uzoq muddatli chet el xizmat safari bilan ketayotgan, Hoshimov advokat Fozilovga turmush o‘rtog‘i Hoshimova nikohdan ajratish haqidagi da’vosiga ko‘ra sud jarayonida uning manfaatlarini himoya qilishni buyurdi va Fozilovga notarial tasdiqlangan ishonchnoma yubordi. Kutilmaganda Fozilov jiddiy kasallikka chalinib, kasalxonaga yotqizildi, shu tufayli Hoshimovning topshirig‘ini shaxsan bajara olmasligi ma’lum bo‘ldi. Biroq Fozilov ushbu topshiriqni bajarish maqsadida taqdim etish yo‘li bilan advokat Javlievaga ishonchnoma berdi. Kasalxona bosh shifokori tibbiy bo‘limi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomaga ko‘ra, Fozilov Javlievaga o‘z vakili bo‘lgan Hoshimov nomidan ajrashish jarayonida Hoshimovning manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq barcha protsessual harakatlarni bajarishni topshiradi. Xizmat safaridan qaytgach, Hoshimov, u va uning rafiqasi o‘rtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganini unga ko‘ra, nikoh bekor qilingandan so‘ng, er-xotinning nikoh paytida sotib olgan barcha umumiy mulkning 70 foizi turmush o‘rtog‘iga o‘tganligini, ushbu kelishuvni o‘zining nomidan advokat Javlieva tuzganligini bildi. Bundan norozi bo‘lgan Hoshimov advokat Fozilovning advokat Javlievaga bergan ishonchnomasini bekor qilishni talab qilib, sudga murojaat qildi. Ushbu kazusni yechishda men IRAC usulidan foydalandim. Demak, Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling