1. Ustav nima


Download 465.37 Kb.
bet13/32
Sana19.06.2023
Hajmi465.37 Kb.
#1618322
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

Conclusion / xulosa: Xulosa qiladigan bo’lsak, Obilovning boshqa aksiyalarni ham sotib olish huquqi mavjud deb o’ylayman. Faqat bularni qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishi kerak. Umumiy yig’ilishda chiqqarilgan qaror esa yuridik kuchga ega emas deb o’ylayman. Ammo ushbu umumiy yig’ilish vakolatlarida jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash bandi mavjud. Umumiy yig’lish o’z qarori bilan AJning ustaviga o’zgartirish kiritganda. Ularning harakatlari qonuniy bo’lar edi deb o’ylayman.
12-kazus
20-yoshli Voxidov spirtli ichimlikka ruj’u qo‘yib o‘zining ish haqini faqat shunga sarflar edi. Voxidovning ota-onasi o‘g‘lini alkogolga qaramlikdan qutqarish maqsadida sudga uni muomala layoqatini cheklash iltimosi bilan murojaat qilishdi. Voxidovning otasi o‘zini homiy qilib tayinlashni so‘radi. O‘g‘li esa o‘zining muomala layoqati cheklanishiga qarshilik qildi, uning fikricha, u oilasini qiyin moddiy ahvolda qoldirayotgan yo‘q. Otasi va onasi ishlashi va katta maosh olishadi, buning ustiga otasi tez-tez kitob va maqolalar chop ettiradi hamda buning uchun katta miqdordagi mualliflik haqi oladi.
Ushbu kazusni yechishda IREC usulidan foydalandim. Demak,


ISSUE-muammo: 1) Ushbu kazusdagi Voxidov e’tiriozlari qanchalik o’rinli ? (Ya’ni Voxidov ota-onasi o’zlarini ta’minllash uchun yetarli miqdorda pul topishlarini aytib o’zining harakatini oqlashga urinmoqda.)


Rules – qonun: 1) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 31-moddasi; 2) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh (31-modda sharhi);

Application / qo'llash, tahlil: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-moddasida “Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladi. Fuqaroning muomala layoqati cheklanishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud uning muomala layoqatini cheklashni bekor qiladi. Fuqaroga belgilangan homiylik sud qarori asosida bekor qilinadi” deb belgilangan.
Avvolo, bu moddada ko’rishimiz mumkinki, muomala layoqati nafaqat bekor qilinishi ,balki cheklab qo’yilishi ham mumkin. Cheklab qo’yilish ham bekor qilish kabi faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari ushbu moddada cheklab qo’yilishga asos bo’ladigan shartlar ham keltirilgan. Bular: Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol (muntazam ravishda ma’lum bir mahsulotlarni iste’mol qilish) qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yish. Yuqoridagi shartlar mavjud bo’lganida sud tomonidan birin bir shaxsning muomala layoqati manfaatdor tomon arizasiga ko’ra cheklanadi. Bu yerda manfaatdor tomon sifatida muomala layoqati cheklanayotgan shaxsning oila a’zolari ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharhda (31-modda sharhi) quydagicha holat bayon etilgan “Шу билан бирга, оиланинг бошқа аъзоларида иш ҳақининг ёки бошқа даромадларнинг мавжудлиги фуқаронинг муомала лаёқати чеклаш тўғрисидаги аризачининг илтимосини қондиришни рад этишга асос бўла олмайди, башарти оиласи спиртли ичимликларни ёки гиёҳвандлик воситаларини суиистеъмол қилаётган фуқародан зарур моддий ёрдам олмаётган ёхуд уни тўлиқ ёки қисман боқишга мажбур бўлса. Аммо фуқаро бир ўзи (оиласиз) истиқомат қилаётган бўлса, унинг муомала лаёқати чекланиши мумкин эмас”. Kazusda Voxidov oliasini qiyin moddiy ahvolda qoldirmayotganini da’vo qilmoqda. Buga sabab sifatida ota-onasi o’zlarining kasbiy faoliyatlari bilan o’zlarini yetarlicha ta’minlay oladi deb iddao qilmoqda. Ammo, biz FKning sharhidan o’qib anglashimiz mumkinki, oila a’zolarining ish haqi va boshqa daromadlari borligi ularning da’vosini rad etishga asos bo’lmaydi. Bundan tashqari Voxidov bor maoshiga spirtli ichimliklar ichmoqda va oilasiniga zarur moddiy yordam bermayapti. Yuqoridagi sabablarga ko’ra men Voxidovning da’vosini noto’g’ri deb bilaman.

Download 465.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling