1. Ustav nima
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik kodeksining 140 –moddasida: Ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan
- Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos bo‘lgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
ISSUE-muammo: 1) Notarial tasdiqlangan ishonchnima nima? 2) Ishonchnoma olgna shaxs boshqa shaxsga ishoncnoma berishi mumkinmi? 3) Hoshimovning e’tirozi o’rinlimi?
Rules – qonun: 1) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (135 va 140-moddasi); Application / qo'llash, tahlil: 135-modda. Ishonchnomaning shakli Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonunchilik bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno. Fuqarolik kodeksining 140 –moddasida: Ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan bo‘lsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos bo‘lgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketishi mumkin emas. Vakolatlarini boshqaga bergan shaxs ishonchnoma bergan shaxsga buni maʼlum qilishi hamda mazkur shaxs va uning yashash joyi to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni xabar qilishi kerak. Mazkur burchlar bajarilmasa, o‘z vakolatlarini boshqaga bergan shaxs undan vakolat olgan shaxsning harakatlari uchun xuddi o‘zining harakatlari kabi javobgar bo‘ladi. Vakolat beruvchi, agar u shundan manfaatdor bo‘lsa, ishonchnomada nafaqat ushbu ishonchnomada ko‘rsatilgan vakil, balki boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida bu huquqni oluvchi shaxs tomonidan uning uchun bitimlarni yoki boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini ko‘zda tutishi mumkin. Agar ishonchnomada boshqa shaxsga ishonib topshirish imkoniyati aytib o‘tilmagan bo‘lsa, u faqat vakilning shaxsan faoliyatining imkonini istisno etuvchi holatlar yuzaga kelganda vakolat beruvchining manfaatlarini himoya etish uchun mumkin bo‘ladi. Ishonchnomada ko‘rsatilgan vakil boshqa shaxsga ishonib topshirishda vakolat beruvchiga bu haqda bildirishi va unga uning o‘rnini bosuvchi shaxs to‘g‘risida barcha maʼlumotlarni berishi shart, chunki vakillik munosabatlari ko‘p jihatdan shaxsiy, ishonchga asoslangan bo‘ladi. Bu majburiyatni bajarmaslik uchun javobgarlik shundan iboratki, vakilga ishonib topshirishni amalga oshiruvchi shaxs faoliyatining barcha oqibatlari yuklatiladi. Vakolat beruvchining manfaatlarini himoya qilish maqsadida boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida beriladigan ishonchnomaning majburiy notarial tasdiqlash tartibi hamda uning amal qilish muddati birlamchi ishonchnoma amal qiladigan muddatdan uzoqroq bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. Bunday harakatga vakolatlamagan holda boshqa shaxsga ishonib topshirish istisno sifatida, favqulodda holat taʼsirida va faqat vakolat beruvchining manfaatlarini himoya etish uchun yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartlar bo‘lmaganda vakolatlarsiz amalga oshirilgan boshqa shaxsga ishonib topshirish haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblanadi. Boshqa shaxsga ishonib topshirishni notarial tasdiqlash to‘g‘risidagi qoida yuridik shaxs tomonidan berilgan ishonchnomaga nisbatan ham amal qiladi. Filial yoki vakolatnomaning rahbari filial xodimiga yoki boshqa shaxsga ishonchnomani faqat boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida, uni notarial tasdiqlagan holda berishi mumkin. Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling