1. Ustav nima
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISSUE-muammo: 1)
- Application / qollash, tahlil
Conclusion / xulosa: Vakolatlarini boshqaga bergan shaxs ishonchnoma bergan shaxsga buni maʼlum qilishi hamda mazkur shaxs va uning yashash joyi to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni xabar qilishi kerak. Mazkur burchlar bajarilmasa, o‘z vakolatlarini boshqaga bergan shaxs undan vakolat olgan shaxsning harakatlari uchun xuddi o‘zining harakatlari kabi javobgar bo‘ladi.
11-kazus “Yog‘ochsoz” AJ aksiyadori Obilov o‘z qo‘lida AJ aksiyalarining 25%ini to‘pladi va AJning boshqa aksiyadorlari aksiyalarini ham sotib olishga harakat qilib, ularga yuqori narxlar taklif qildi. Bu holatga “Yog‘ochsoz” AJ muassislari va rahbarlari befarq qarab turishmadi, ular bundan bayon har bir aksiyador o‘z aksiyalarini AJ umumiy yig‘ilishining roziligisiz sotishi mumkin emas, deb qaror chiqarishdi. Men ushbu kazusni yechishda IRAC usulidan foydalandim. Demak, boshladik! ISSUE-muammo: 1) Obilov tomonidan “Yog’ochsoz” AJ ning boshqa aksiyalarini sotib olishi qonunchilikka zidmi yoki zid emasmi? 2) “Yog’ochsoz” AJ ning muassislari va rahbarlari tomonidan chiqarilgan qarori qonuniymi? Rules – qonun: 1) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (64-moddasi); 2) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarni himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni; (13 va 40-moddalari) Application / qo'llash, tahlil: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-moddasida “Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi; aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Aksiyalar haqini batamom to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Aksiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik jamiyati ekanligi o‘z ifodasini topishi kerak. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy mavqeyi hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi” deb belgilab qo’yilgan. Fkning ushbu moddasida aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy ta’rifini ko’rishimiz mumkin. Biz kazusimizga javobni “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarni himoya qilish to’g’risida”gi qonundan topishga harakat qilamiz. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarni himoya qilish to’g’risida”gi qonunning 40-moddasining 4-qismida “Jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50 foizidan kamrog‘iga egalik qilgan bo‘lsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati bo‘yicha o‘ziga sotishlari borasidagi taklifini o‘ttiz kun ichida e’lon qilishi shart. Aksiyadorning o‘ziga tegishli aksiyalarni sotishi to‘g‘risidagi yozma roziligi e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart”deb belgilab qo’yilgan. Usbu moddaga ko’ra Obilov AJning boshqa aksiyalarini sotib olishga haqli. Faqat aksiyadorlarni qonunda belgilagan tartibda ogohlantirishi va ularning roziligini olish talab etiladi. Masalani boshqa tomoniga qaraydigan bo’lsak, AJning muassislari va rahbarlari qaror chiqardi. Qarorda bundan buyon aksiyalar umumiy yig’lish roziligi bilan sotilishi mumkinligi belgilab qo’yildi. Qonuning 59-moddasi Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasi deb nomlangan. Bu moddada umumiy yig’lishnng vakolatlari berilgan, ammo ushbu vakolatlar ichida aksiyadorlar AJ umumiy yig‘ilishining roziligisiz o’z aksiyalarini sotishi mumkin emas degan band mavjud emas. Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling