1. Ustav nima
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
Ikkinchidan,ushbu kazusimizda Ashurov pulni olib notebukni berishdan bosh tortyapti va Nodirova bilan kelishuv tuzilmaganligini va uni guvohlari ham o’tmasligini aytyapti, chunki guvohlar uning qarindoshiligini ta’kidlayapti.lekin,Fuqarolik kodeksining 237-moddasida majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tamonlama o’zgartirilishga yo’l qo’yilmaydi.Ya’ni Ashurov pulni olganligi sababli notebukni berishi kerak.Ushbu kodeksning 108-moddasi 2-qismiga binoan,notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi:fuqarolar o’rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravaridan ortiq summadagi bitimlar. Masalan, hozirgi kunda eng kam oylik ish haqqini 300 ming so’m deb oladigan bo’lsak ,uning o’n barobari 3 mln so’m bo’ladi .ya’ni bu bazaviy hisoblash miqdorining o’n barabaridan ortiq emas ,shuning uchun og’zaki shaklda tuzilishi mumkin va u taraflar tomonidan rasmiylashtirilmasada tuzilgan hisoblanadi va buni Ashurov rad etishi huquqiy asosga ega emas.Yana Ashurov Nodirovadan pul olganligini rad etib va yana Halilova va Zairovaning guvohligi o’tmasligini ,chunki ular Nodirovani qarindoshi ekanligini aytyapti,biroq Oliy sud Plenumining ,,sudlar tomonidan fuqarolik ishlaari bo’yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini isbotlashga oid qonun normalarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi qarorning 3-qismi 4-xat boshida yozilishicha , shu bilan birga ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbataan qarindoshligi ,xizmat bo’yicha yoki boshqa qaramligi yoxud shaxsiy adovati borligi shaxsning ishda guvoh sifatida qatnashiga to’sqinlik qilmaydi.Mazkur holatlar sud tomonidan guvoh ko’rsatuvlarini baholashda e’tiborga olinishi lozim deyilgan. Yana fuqarolik protsessual kodeksining 69-moddasida quyidagi shaxslar guvoh bo’la olmaydi deyilgan:1)vakil yoki himoyachi vazifalarini bajarishlari munosabatlari bilan o’zlariga ma’lum bo’lgan holatlar to’g’risida –fuqarolik ishlari bo’yicha vakillar yoki jinoyat ishlari bo’yicha himoyachilar;
2)jismoniy va ruhiy nuqsonlari bo’lgan sababli faktlarni to’g’ri idrok qilishga yoki ular haqida to’g’ri ko’rsatuv berishga layoqatsiz shaxslar deyilgan .shunday ekan yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib Nadirovaning qarindoshlari guvoh sifatida sudda qatnashishi mumkin,chunki ular yuqoridagi 69-moddaning birorta qismiga to’g’ri kelmaydi va qaolaversa Oliy sud plenumini qarorida ham qarindoshlarga sudda guvoh sifatida ishtirok etishga ruhsat berilgan va buni Ashurov rad etaolmaydi . Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling