15. Bosqichli, chegaraviy va yakuniy nazorat. Ular ... nazoratning turlari.
a) boshlang‘ich;
b) joriy;
c) yakuniy;
d) asosiy.
16. PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study),
TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study), PISA (The Programme for International Student Assessment), TALIS (The Teaching and Learning International Survey). Ular – ...
a) milliy baholash dasturlari;
b) mintaqaviy baholash dasturlari;
c) xalqaro baholash dasturlari;
d) mahalliy baholash dasturlari.
17. Tekshirish, tashxislash, ta’lim berish, tarbiyalash, rahbatlantirish va
rivojlantirish, axborot berish, qiyoslash hamda baholash. Ular pedagogik
nazoratning asosiy ...
a) turlari;
b) tamoyillari;
c) shakllari;
d) funksiyalari.
18. Ilmiylik va samaradorlik, ierarxik tuzilmaga egalik, tizimlilik, adolatli
yondashuv va xolislik, keng qamrovlilik va to‘liqlik. Ular pedagogik nazoratning ....
a) turlari;
b) tamoyillari;
c) shakllari;
d) funksiyalari.
19. Shaxsning zarur irodaviy sifatlarini namoyon etgan holda turli vazifatlarda o‘z qarashlari, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, xulq-atvorini nazorat ostiga olish malakasiga egaligi – bu ...
a) o‘zini o‘zi nazorat qilish;
b) o‘zini o‘zi boshqarish;
c) o‘zini o‘zi baholash;
d) o‘zini o‘zi yo‘naltirishi.
20. ... – shaxsning muloqot, xulq-atvor hamda faoliyatda o‘z faolligini
boshqarish asosida maqsadga muvofiq holda o‘zgarishi.
a) o‘zini o‘zi nazorat qilish;
b) o‘zini o‘zi boshqarish;
c) o‘zini o‘zi baholash;
d) o‘zini o‘zi yo‘naltirishi.
21. Shaxsning individual psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy
fazilatlarga egalik darajasini o‘lchash va baholashga qaratilgan faoliyatning
shakl, metod va vositalari yig‘indisi. Ular psixologik-pedagogik diagnostika ....
a) metodologiyasi;
b) metodlari;
c) metodikasi;
d) vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |