1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


Download 0.55 Mb.
bet22/37
Sana27.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1656838
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

10-variant
1.Osiyo Taraqqiyot banki va uning Toshkent shahrida bo’lib o’tgan kengashi

Osiyo taraqqiyot banki yillik yig‘ilishi va Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining yuqori darajadagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


TOShKENT, 18-sentabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 17-18-sentabr kunlari videokonferensiya shaklida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga asoslanib.Tadbir doirasida pandemiya paytida mintaqaviy hamkorlik masalalar va uning iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilashga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining (MOMIH) yuqori darajadagi sessiyasi tashkil qilindi.Yillik yig‘ilish davomida OTBga a’zo mamlakatlardan Bank boshqaruvchilari Bank protsessual qo‘mitasining hisobоtlari va OTBning 2019 yildagi moliyaviy faoliyati natijalari bilan tanishdi. Unga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan davrda tasdiqlangan loyihalarni moliyalashtirish uchun 21,6 milliard dollar miqdoridagi kredit liniyalari va grantlar ajratildi. Bu iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni moliyalashtirishni ikki baravar oshirish bo‘yicha 2015 yilda belgilangan maqsadning erta bajarilishini ta’minlashga imkon berdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Butan, Kamboja, Fiji, Gruziya va Nepal bilan alohida hamkorlik dasturlari qabul qilindi.
Uchrashuvning biznes-sessiyasi doirasida OTB Boshqaruv kengashi a’zolari tomonidan ovoz berish orqali OTBning 2020 yilgi byudjeti tasdiqlandi, 2020-2021 yillarda OTB Boshqaruv kengashi raisi va uning o‘rinbosari nomzodlari, shuningdek, Gruziyaning Tbilisi shahri OTBning 2023 yilgi 56-yillik yig‘ilishini o‘tkazilish joyi sifatida tasdiqlandi.
Uchrashuv kun tartibi doirasida OTB tomonidan bankka a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishda qo‘shimcha yordam ko‘rsatish masalalari ham ko‘rib chiqildi. OTB so‘nggi 6 oyda ushbu maqsadlar uchun 9,3 milliard dollar ajratgani qayd etildi.OTB amaldagi prezidenti Masatsugu Asakava o‘z nutqida qayd etganidek, “COVID-19 pandemiyasi Bankka a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va jahon iqtisodiyotiga misli ko‘rilmagan darajada ta’sir qildi. Ijobiy moliyaviy oqimni ta’minlash va mintaqa tiklanishiga iloji boricha tezroq yordam berish uchun tez va keng miqyosda javob choralar ko‘rgan holda, biz pandemiya bilan kurashish uchun barcha mumkin bo‘lgan manbalarni yo‘naltirmoqdamiz”.Osiyo taraqqiyot banki 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi moliyaviy va texnik yordam berish orqali Osiyodagi mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdir. Hozirgi vaqtda bank bilan birgalikda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, suv ta’minoti va oqova suv, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, temir yo‘llarni elektrlashtirish, hududlarda bazaviy infratuzilmani har tomonlama rivojlantirish va boshqa sohalarda ijtimoiy-infratuzilmaviy investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda va ishlab chiqilmoqda.MOMIHning yuqori darajadagi sessiyasi davomida global pandemiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Dasturdagi mamlakatlar vakillari mintaqadagi so‘nggi o‘zgarishlarni, COVID-19 ga qarshi kurashish bo‘yicha har bir davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda xalqaro hamkorlikni tiklash bo‘yicha kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan tadbirlarni ko‘rib chiqdi.Muhokama yakunlari bo‘yicha MOMIH sessiyasi ishtirokchilari bir ovozdan inqirozdan keyingi davrda iqtisodiy siyosat sohasida samarali yechimlarni ishlab chiqish maqsadida ko‘p qirrali xalqaro hamkorlikka sodiq ekanliklarini tasdiqladilar. Koronavirus bilan kasallangan bemorlarga yuqori sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan manbalarni yaratish va infeksiya tarqalish sur’atlarini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish maqsadida global sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni davom ettirish zarurligi to‘g‘risida ham umumiy pozitsiya belgilandi. MOMIH platformasi doirasida iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirish va mamlakatlar o‘rtasidagi infratuzilmaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqarilishi bo‘yicha qaror qilindi, bu esa o‘z navbatida Osiyo mintaqasining iqtisodiy farovonligini yanada mustahkamlashga muhim hissa qo‘shadi.Ma’lumot o‘rnida, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik Dasturi (MOMIH) OTB tashabbusi bilan 1997 yilda joriy etildi. Dasturning maqsadi - ustuvor yo‘nalishlarda mintaqaviy va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish orqali Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishdir.Hozirgi kunda MOMIH ishida mintaqaning 11 ta davlati – O‘zbekiston, Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Afg‘oniston (2005 yildan beri), Pokiston, Turkmaniston (2010 yildan) va Gruziya (2016 yildan), shuningdek, xalqaro donor tashkilotlar – OTB, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, YeTTB, Islom taraqqiyot banki va BMT Taraqqiyot dasturi ishtirok etadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling