1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Tosh terish elementlari. G’isht-tosh terish uchun materiallar


Download 298.79 Kb.
bet22/48
Sana10.11.2023
Hajmi298.79 Kb.
#1761923
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

3.Tosh terish elementlari. G’isht-tosh terish uchun materiallar.
Tosh terish (Terilgan tosh) elementlari. To’g’ri shakldagi g’isht va toshlar oltita yoq (yon) bilan chegaralangan. Pastki va yuqori tomonlari to’shama, katta o’lchamli ikki yon tomonlari bo’ylama, kichik o’lchamli ikki yon tomonlari ko’ndalang deb ataladi. To’shamalar – kuchlarni qabul qiluvchi va pastki tosh qatlamlariga uzatuvchi toshlarning yuzalari.
Bo’ylama (yoni) – devor bo’ylab uzun tomoni bilan yotqizilgan tosh.
Ko’ndalang (oldi) – devor bo’ylab qisqa tomoni bilan yotqizilgan (terilgan) tosh.
Choklar – toshlar orasining bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishida qorishma bilan to’ldirilgan bo’shlig’i.
Verstalar (qatorlar) – terilgan g’ishtlarning tashqi qatorlari. Tashqi va ichki versta bor, verstalar orasini to’ldirish – to’ldirma (zabutka) (o’rta qator).
Bo’ylama qator – tashqi versta bo’ylama yonlardan tashkil topgan terish usuli.
Qo’ndalang qator – tashqi versta qatori ko’ndalang yoni bilan teriladi.
Agar tashqi choklar 1...1.5 sm chuqurlikka qorishma bilan to’ldirilmasa, bunday terish bo’sh chokli terish deyilib, terish devorga suvoq qilinganda g’isht va qorishmaning yaxshi bog’lanishiga olib keladi. Agar, tashqi devor tabiiy ko’rinishga ega bo’lsa va terish choklari to’liq to’ldirilib ularga turlicha shakllar – qavariq, botiq, uchburchakli, to’g’ri to’rtburchakli va boshqa shakllar berilsa, u holda bunday terish chokli terish deyiladi. Agar, qorishma devorning tashqi sirti bir tekisda to’ldirilsa, bunday terish qirqimli terish deyiladi.
G’isht-tosh terish uchun materiallar. To’liq loyli g’ishtning o’lchamlari 250 x 120 x 65 mm va modulli (qalinlashtirilgan) g’ishtning o’lchamlari 250 x 120 x 88 mm bo’ladi, g’ishtning massasi 3,6...5 kg ni tashkil etadi. Zichligi 1,6...1,8 t/m³ g’ishtning markalari 75, 100, 150, 200, 250 va 300dan iborat. Ichi bo’sh-kavak, g’ovak va teshikli g’ishtlar ustki ko’rinishi bo’yicha yuqorida ta’kidlangan o’lchamlarda bo’ladi, balandligi 65, 88, 103 va 138 mm (to’liq g’ishtga nisbatan balandligi 1,25; 1,5 va 2 marta katta), zichligi kamroq − 1,35 ...1,45 t/m³. G’ishtning markalari − 75, 100 va 150. Bunday har xil g’ishtlarning qo’llanilishi devor buyumlari massasini 30% gacha kamaytirishga imkon beradi. Ichi bo’sh kavak keramik va silikatli toshlar quyidagi o’lchamlarga ega bo’ladi: oddiylari 250 x 120 x 138 mm, yiriklashtirilganlari 250 x 250x 138 mm va modulli 288 x 138 x 138 mm.

Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling