1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Montaj va g’isht-tosh ishlarini oqim usulida bajarish


Download 298.79 Kb.
bet25/48
Sana10.11.2023
Hajmi298.79 Kb.
#1761923
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

2.Montaj va g’isht-tosh ishlarini oqim usulida bajarish.
terish ishlarini qo’shib olib borili-shidadir. Bu ikkala jarayon bir-biri bilan o’zaro bog’langan va bu ishlar parallel yoki ozgina vaqt oralig’ida farq bilan bajariladi. Bu ishlarni bajarishni o’ziga xosligi shundaki, ularni bajarish kerakli texnologik tanaffuslarga amal qilish bilan bog’liq. Navbatdagi qavat karkaslarini montaj qilishga tutashuv joylardagi, tugunlardagi va qavatlar ora yopmalar choklaridagi beton qorishmasi eng kamida 70%, g’isht terimida 50% loyixadagi mustaxkamlikkaerishgandan so’ng ruxsat etiladi. G’ishtli binolarni barpo etishni faqat oqim usulida, ya’ni binoni mexnat unumdorligi bo’yicha bir xil bo’lgan qamrovlarga bo’linishini nazarda tutadigan bir-, ikki- va uchqamrovli sistemalarda olib borish kerak. Ishlarni tashkil etishning bir qamrovli sistemasi bilan asosan rejada kichikroq bir seksiyali va bir qavatli binolar qurilishlarda, butun qavat uch yarusga bo’linib g’isht terilganida qo’llaniladi. Bu sistemada g’isht terishni va montajni, montajchi kasbini o’zlashtirgan g’isht teruvchilar bajaradilar. G’isht terish ishlari binoni perimetri bo’yicha yarus balandligida smena oxirigacha tugatilishi kerak. SHu kuni ikkinchi smenada yordamchi ishlar bajariladi: so’rilarni o’rnatish, so’rilarga g’isht keltirish va boshqa ishlar. Uch kundan so’ng, ya’ni uchinchi yarus g’ishtlari terib bo’lingandan so’ng, brigade 4...5 odamdan iborat montaj zvenolarga bo’linadilar, zvenolar soniga qarab yig’ma elementlar ikki yoki uch smena davomida montaj qilinadi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga binoan montaj ishlari olib borilayotgan qamrovlarda (ishchi uchastkalarda) bir vaqtning o’zida g’isht teruvchilar ishlashi yoki teskarisi bo’lishi mumkin emas.
Ikki qamrovli sistema eng keng tarqalgan bo’lib, u ikki, uch va to’rtta seksiyali binolar qurilishida qo’llaniladi. Barpo etilayotgan binoni tarxi bo’yicha, mexnat sarfi teng bo’lgan ikki qismga bo’linadi: birinchi qamrovda g’isht terish ishlari olib boriladi, ikkinchi qamrovda qavat karkaslari montaj qilinadi, pardadevorlar va boshqa konstruksiyalar montaji, so’rilar o’rnatiladi. Zvenodagi ishchilarni tarkibi shunday tanlanishi kerakkim, ikkala zveno qamrovlardagi ishlarni bir vaqtni o’zida
tugatishlari kerak, va qamrovlarni almashtirishlari kerak. Bunday ketma-ketlik binoning xamma qavatlarni barpo etishda saqlanib qoladi. Ishlar bir, ikki va uch smenada tashkil etilishi mumkin.

Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling