1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


-variant 1.Blokli montaj usullari. Usulning afzalliklari va qo’llanishi


Download 298.79 Kb.
bet28/48
Sana10.11.2023
Hajmi298.79 Kb.
#1761923
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

15-variant
1.Blokli montaj usullari. Usulning afzalliklari va qo’llanishi.
BLOKLI MONTAJ QILISH USULLARI
Konveyerli yig’ish va yirik blokli montaj har-xil usullar bilan bajarilib bo’lib, konveyer liniyasini joylashishi va ishlatilayotgan asbob-uskunalar bilan farqlanadi.
To’liq tayyor bo’lgan blok uzatadigan aravacha yordamida konveyerga ko’ndalang yo’l bo’ylab uzatiladi va elektr chig’irlari yordamida siljitilib suriladi. YUk ko’tarish-tashish transport mexanizmlarlari bilan bloklarni oraliq bo’ylab, o’rnatish
joyigacha tashishga quyidagi faktorlar ta’sir etadi: • blok massasi;
• binoning er ostki qismining barpo etish davridagi texnologik uskunalar poydevorlarining, kommunikatsiyalarini ko’pligi, va ularni barpo etish usullari va
boshqalar (ochiq yoki yopiq). SHu asosiy mezonlardan kelib chiqqan holda bloklarni konveyerdan ko’chirishni ikkita asosiy sxemasi ishlab chiqilgan:
• blok yukko’taruvchi –transport mexanizmlari, uskunalar va konstruksiyalar yordamida o’rnatiladigan joyiga erdagi yo’llar orqali ko’chirilib va u erda ko’tarilib loyiha holatiga o’rnatiladi;
• blok konveyerdan ko’tarilib, bino karkasining yuk ko’taruvchi konstruksiyalari – kranosti to’sinlari yoki stropilaosti fermalariga tushirilib va loyiha holatiga surilib ko’chiriladi. Tayyor bloklarni oraliq bo’ylab ko’chirishni quyidagi usullari ishlab chiqilgan va qo’llaniladi: • kranosti to’sinlari usti bo’ylab harakatlanadigan past bo’yli o’rnatgichlar bilan; • o’ch oraliqni o’rtasida relsli yo’llarda harakat qiluvchi og’ir minorali kran yoki og’ir yuk ko’taruvchi o’ziyurar gusenitsali kran bilan;
• maxsus yuk ko’taruvchi konstruksiya bilan;
• har bir oraliqda o’zining rels yo’llarida harakatlanidigan baland o’rnatuvchilar bilan; • pnevmog’ildirakli baland o’rnatuvchi yordamida;
• oldindan montaj qilingan stropilaosti to’sini yoki ferma bo’yicha harakatlanadigan past bo’yli o’rnatgichlar bilan;
• bloklarni o’ch oraliqda o’rnatuvchisiz montaj qiladigan keng oraliqli chorpoyali kran bilan. Konveyerda yig’ish va blokli montajning afzalliklari: • erda yig’ilgan to’liq tayyor tomyopma bloklardan foydalanish; • ohir vaznli temirbeton o’rniga blokni yukko’taruvchi qismi va tomyopmasiga (metal fermalar, strukturalar, profilli to’shamalar) engil metall konstruksiyalar qo’llanilishi; • engil plitali yoki o’ramali issiqsaqlagichni qo’llanilishi va sementli to’shama va shag’alli sochmaga ehtiyoj yo’qligi; • maksimal miqdordagi ishlar hajmini ishchini doimiy ish joyi va qo’l ostida kerakli uskunalar, materiallar va konstrutsiyalar bo’lgan konveyerga ko’chirilishi.

Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling