1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Binolarni barpo etishni texnologik o’ziga xos xususiyatlari


Download 298.79 Kb.
bet29/48
Sana10.11.2023
Hajmi298.79 Kb.
#1761923
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
Bog'liq
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

2.Binolarni barpo etishni texnologik o’ziga xos xususiyatlari.
Amalda ko’pincha to’liq yig’ma holatda maydoni 3...20 ming m2 gacha bo’lgan bir qavatli sanoat binolari ko’p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida ishlaydigan ko’priksimon kranlar bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo’ladi. Yig’ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo’ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalishlar bo’ylab katta o’lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik uskunalardan yukni to’g’ridan-to’g’ri gruntga uzatishi, ustunlar to’rini siyrak xillarini qo’llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda to’g’ri to’rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo’yicha bir xil, oraliqlari bir yo’nalishda bo’ladi. Binolarning universal hajmiy-rejaviy va konstruktiv echimlari ishlab chiqilgan bo’lib, ular industrial montaj qilish uslublarini qo’llash imkoniyatini beradi. Bino parametri va gabarit sxemalarining o’zaro bog’liqligi chegaralangan. Oraliq o’lchamlari o’zaro ma’lum balandlik va ustunlar qadami, kranlarni ustki gabaritlariga bog’liq bo’ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to’suvchi va tomyopma konstruksiyalarining o’lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo’lib reja bo’yicha – 6 m, balandlik bo’yicha – 1,2 m ni tashkil etadi.
3.Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish.
Monolit temirbeton konstruksiyalarni barpo etish majmuali jarayoni texnologik bog’langan va kema-ket bajariladigan oddiy jarayonlardan tashkil topgan:
• qolip va havozalarni o’rnatish;
• armatura montaji;
• qo’yma detallarni montaji;
• beton qorishmasini joylash va zichlash;
• yozda betonni parvarishlash va qishda qotishini tezlashtirish;
• qolipni ko’chirish;
•ko’p hollarda yig’ma konstruksiyalarni montaj qilish mavjud. Betonni qolipdan ko’chirish mustahkamligiga erishganiga qadar ketgan vaqt, umumiy texnologik siklga kiradi.
Oddiy jarayonlar tarkibi, ularning mexnat sarfi va bajarilish ketma-ketligi barpo etilayotgan monolit konstruksiyalarni turi va o’ziga xosligi, qo’llaniladigan mexanizmlar, qolip turlari va ishlarni bajarishni mahalliy o’ziga xosligiga bog’liq. Xar qaysi oddiy jarayonni majmuali (kompleks) brigadaga birlashgan ixtisoslashgan zvenolar bajaradi. Ishlarni oqim usulida bajarish uchun inshoot balandligi bo’yicha yaruslarga, reja bo’yicha qamrovlarga bo’linadi.

Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling