1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji
Download 298.79 Kb.
|
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beton qorishmasini joylashtirish.
- 18-variant 1.Katta oraliqli bino va inshootlarni montaj usullari.
Beton qorishmasini tashish. Beton qorishmasini iste’molchiga, ya’ni beton ishlari zonasiga, avtobetontashigichlarda yoki avtobetonqorgichlarda etkazib beriladi. Avtobetontashigich – usti ochiq, kuzovining hajmi 3...5 m3 lisamosval bo’lib, odatda beton zavodidan qurilish maydonigacha bo’lgan yo’l 10 daqiqagacha bo’lganda foydalaniladi. Avtobetonqorgichlar – ular MAZ, KamAZ (kichik hajmlar uchun) va «Reno», «Mersedes» (katta hajmlar uchun) avtomobillariga o’rnatilgan 5...8 m3 hajmli beton qorgichdan iborat. Bu avtobetonqorgichlar ikki rejimda ishlaydi: birinchisida xaydovchini komandasi bilan beton qorishmasi majburlab aralashtiriladi, ikkinchisida beton qorishmasi avtomobilni xarakati chog’ida aralashtiriladi. Beton qorishmasini joylashtirish. Beton qorishmasi konstruksiyaga turli usullar bilan uzatiladi: lotok bo’ylab, yuk ko’taruvchi mexanizmlar va betononasoslar bilan. Birinchi ikki usul smenada 50 m3 gacha beton joylashtirish kerak bo’lganda qo’llaniladi, uchinchisi esa xamma xajmlarda, lekin iqtisodiy jihatdan smenada kamida 45 m3 beton qorishmasi joylashtirilganda maqsadga muvofiq. Beton qorishmasini lotok bilan uzatish, avtobetonqorgich betonlanayotgan konstruksiya sathidan yuqorida joylashish imkoni bor holda qo’llaniladi, misol uchun poydevor plitasini betoni qo’yilganda va avtomobilni kotlovan ichiga kirish imkoni bo’lganda. Lotoklar uzunligi 6 m gacha bo’lgan namga chidamli fanerlardan yoki metall listlardan tayyorlanadi. Beton qorishmasi bad’ya va bunkerlar bilan ish joyiga uzatilganda yuk ko’taruvchi mexanizmlardan foydalaniladi. Badyalar 0.3...1 m3 sig’imga ega bo’lib va betonni uzatish qulay bo’lishi uchun ―ryumka‖ shaklida ishlangan, va uni to’liq bo’shatish uchun unga vibrator o’rnatilgan.
18-variant 1.Katta oraliqli bino va inshootlarni montaj usullari. Ko’pchilik sanoat va fuqaro bino va inshootlari uchun arxitektura nuqtai nazaridan, foydalanish talablari bo’yicha oraliq tayanchlarni qurmasdan katta oraliqli qoplama (ustyopma) larni nazarda tutish zarur. Barcha muhandislik inshootlaridan bir qavatli sanoat binolari iqtisodiyotning turli tarmoq korxonalarini joylashtirish uchun keng qo’llanilmoqda. Odatda, inshootni barpo etish uchun montaj qilishning xilma – xil usullaridan foydalanish mumkin, ko’pincha ular birga qo’shib foydalaniladi va shu bilan texnologiyalarning ko’p variantligini tashkil etadi, bunda maqbul texnologiyani tanlash montaj ishlarini loyihalashning mazmunli masalasini tashkil etadi. Yig’ma temirbeton konstruksiyalarda karkasning asosiy elementlari – ustunlar va fermalari juda kamdan – kam hollarda yiriklashtiriladi. Ko’pincha metall elementlar – kran osti to’sinlari, ustunlar, deraza panjaralari, bog’lamalar, fonar konstruksiyalari, kompleks yiriklashtirilgan bloklar – metall ko’taruvchi konstruksiyali va samarali engillashtirilgan ustyopmali (tomli) qoplama bloklari yiriklashtiriladi. Konstruksiyalarni rulonlashtirish usuli – metall listli konstruksiyalarni yiriklashtirib yig’ishning bir turi bo’lib metall konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodda amalga oshiriladi. Bu usul rezervuarlarni, gazgolderlarni, oziq-ovqat va kimyo sanoati silindrik idishlarini (sig’imlarini) montaj qilishda qo’llaniladi. Download 298.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling