1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Ko’tarish - montaj qilish jihozlari


Download 298.79 Kb.
bet34/48
Sana10.11.2023
Hajmi298.79 Kb.
#1761923
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

Ko’tarish - montaj qilish jihozlari uchta asosiy guruhga bo’linadi:
Montaj kranlari – avtomobil, pnevmog’ildirakli, maxsus shassiga o’rnatilgan kranlar, gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo’lli.
Kransiz moslama – chig’ir, polispast, ko’targichlar, domkratlardan foydalanib,
konstruksiyalarni ko’tarish va joylash uchun.
YUk ko’taruvchi qurilmalar – montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, portal ko’targichlari, domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lgan konstruksiyalar va jihozlarni montaj qilish uchun.
Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash muhim masala hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qo’llaniladi: • yuk ko’tarish qobiliyati 6,3...16 t bo’lgan avtomobil kranlari; • pnevmog’ildirakli kranlar (10...100 t.);
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t) • minorali kranlar (60...100 t);
• temir yo’l kranlari (16...30 t); • chorpoya kranlar (15...100 t.);
2.Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari.
Fermalarni quyi belbog’larining tayanch bog’lamalari ostiga uchlariga harakatlanuvchi polispast bloklari mahkamlangan ko’ndalang to’sinlar keltiriladi. Fazoviy konstruksiyani loyihadagi holatga vertikal ko’tarilgandan so’ng uning ko’taruv ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi va montaj yon tirgaklar demontaj qilindi.
Burish usuli bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo’lgan inshootlarni butun ko’rinishda montaj qilish amalga oshiriladi. Inshoot konstruksiya kabi, avval uning o’rnatish hududida gorizontal holatda yig’iladi, bu fazoviy konstruksiyaning asosi burish sharniridan foydalangan holda poydevorga mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi holatiga o’rnatiladi. Bu usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar va massasi 100 t va undan ortiq bo’lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi.
Surish usulida konstruksiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig’iladi, keyin esa bu tayanchlarga vaqtincha o’rnatilgan yo’llar bo’ylab gorizontal ko’chirish yo’li bilan o’rnatiladi. Bu usul ko’p oraliqli ko’priklarni, bir qavatli sanoat binolari qoplamalari kons truksiyalarini montaj qilishda, shuningdek ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo’lganda erda boshqa ishlar bilan surishga tayyorgarlikni qo’shib olib borishda keng qo’llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni (domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyori) qayta qurishda, yangi inshoot chetda yig’ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa samaralidir. Surish jarayoni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 t gacha bo’lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 10 ming t va undan ortiq bo’lganda po’lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish mumkin.

Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling