22-variant
1.Orayopma panellarini montaj qilish.
Orayopma panellari bikrlik devorlari va rigellar to’liq mahkamlangandan keyin montaj qilinadi. Rigellarni ustunlar konsollariga payvand qilingandan keyin bog’lovchi plitalar rigellarning tokchalariga yotqiziladi. Ko’p qavatli Ustunlarda dastlab pastki yarusdagi bog’lovchi plitalardan soʻng, yuqori qavat yaruslardagi
bog’lovchi plitalar o’rnatiladi. Ko’pincha plitalarni o’rnatilgan yuqori rigellar yacheykalariga kiritish kerak bo’ladi, shuning uchun ular o’rnatish joyiga qiya holatda uzatiladi.
Orayopma paneli bunday holatda uzatilganda rigelning konsoli ustiga plitaning pastki qismi yotqiziladi, keyin boshqa yon tomoni tushiriladi va to’g’irlanadi. Bog’lovchi plitani loyihaviy holatda o’rnatgandan keyin uni birdaniga to’rtta rigelga elektr payvandlagich yordamida vaqtinchalik mahkamlanadi va undan keyin stroplar
yechiladi. Nuqtaviy payvandlash bilan biriktirilgan to’rtta ustun, ikkita rigel va ikkita
bog’lovchi plitalardan tashkil topgan yacheyka yetarli darajadagi bikrlik va o’zgarmaslikka ega bo’ladi. Shu sababli hamma elementlarni oʻzaro yakunlovchi birlashtirishda uzunchoq payvand choklarni qo’llab, chok hamda tutashmalarni to’ldirishga ruxsat beriladi.
Oddiy orayopma plitalari dastlab birinchi qavatga to’liq, keyin esa navbatdagi qavatlarga qorishma yoki sement-qum pastasi ustiga yotqiziladi. Zarur bo’lgan hollarda tayanch yuzalarning sathlari oldindan sementli qorishma qatlami bilan tekislanadi. Panellar ilmoqlar yoki texnologik teshiklardan foydalangan holda ko’tariladi. Barcha oddiy plitalar yotqizilib loyihaviy holat bo’yicha o’rnatilgandan keyin ularning qo’yma detallari rigellarning qo’yma detallariga payvandlanadi. Ushbu plitalar orasidagi choklar qorishma bilan to’ldiriladi yoki beton aralashmasi yaxlitlanadi. Yuqori qavatlarning ora yopma plitalari ham pastki qavatning orayopma plitalari singari montaj qilinadi. Karkas-panelli binolarning zinapoya maydonchalari va marshlari xuddi yirik panelli binolarnikidek montaj qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |