1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji
Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish
Download 298.79 Kb.
|
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qamrovlarga bo’lish
- 3.Qolipni qo’llanish maqsadi. Qoliplarning asosiy turlari
- Qolip sistemasi
2.Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish. Monolit temirbeton konstruksiyalarni barpo etish majmuali jarayoni texnologik bog’langan va kema-ket bajariladigan oddiy jarayonlardan tashkil topgan:
• qolip va havozalarni o’rnatish; • armatura montaji; • qo’yma detallarni montaji; • beton qorishmasini joylash va zichlash; • yozda betonni parvarishlash va qishda qotishini tezlashtirish; • qolipni ko’chirish; •ko’p hollarda yig’ma konstruksiyalarni montaj qilish mavjud. Betonni qolipdan ko’chirish mustahkamligiga erishganiga qadar ketgan vaqt, umumiy texnologik siklga kiradi. Oddiy jarayonlar tarkibi, ularning mexnat sarfi va bajarilish ketma-ketligi barpo etilayotgan monolit konstruksiyalarni turi va o’ziga xosligi, qo’llaniladigan mexanizmlar, qolip turlari va ishlarni bajarishni mahalliy o’ziga xosligiga bog’liq. Xar qaysi oddiy jarayonni majmuali (kompleks) brigadaga birlashgan ixtisoslashgan zvenolar bajaradi. Ishlarni oqim usulida bajarish uchun inshoot balandligi bo’yicha yaruslarga, reja bo’yicha qamrovlarga bo’linadi. Qamrovlarga bo’lish –gorizontal qirqim bo’lib, u quyidagilarni taqoza qiladi: •xar qaysi oddiy jarayondagi mexnat sarfini tengligi va ruxsat etilgan og’ish 25% dan ko’p bo’lmasligini; •qamrovning (ishchi uchastkani) eng kichik o’lchami – zvenoni bir smena davomidagi ishiga tengligini; •qamrov o’lchami, tanaffussiz betonlanayotgan yoki ishchi choklari xosil qilinayotgan blok kattaligi bilan bog’lanishini; •ob’ektdagi qamrovlar sonini oqimlar soniga teng yoki karrali bo’lishini. 3.Qolipni qo’llanish maqsadi. Qoliplarning asosiy turlari Monolit beton va temirbeton hajmining katta qismi nolinchi sikl konstruksiyalarini barpo etish uchun qo’llaniladi, faqat 20...25% bino va inshootlarning er usti qismini barpo etish uchun sarflanadi. Monolit konstruksiyalarning eng katta samarasi sanoat bino va inshootlarini qayta qurishda, hamda turarjoy-kommunal ob’ektlarini barpo etishda namoyon bo’ladi. Monolit betonni qo’llash temir sarfini 7... 20% ga, betonni sarfini 12% gacha kamaytirish imkonini beradi. Lekin shu bilan birga ayniqsa qish sharoitida energiya sarfi ortadi, qurilish maydonidagi mexnat sarfi ko’payadi. Qurilish maydonida monolit temirbetondan bino barpo etishdagi mehnat sarfi yirik panelli binoni barpo etishdagidan 1.65 marta ortiq. Monolit betondan bino qurilishida asosiy ish hajmi qurilish maydonida bajariladi. Yirik panelli o’y-joy qurilishiga nisbatan beton sarfining 17...19% ga oshishi, yetarli darajada engil beton ishlatilmasligi , zamonaviy plitali issiq saqlagichlardan foydalan-maslik, va sementni past markalari ishlatilishi bilan bog’liqdir. Qolip sistemasi– bu tushunchaga qolip va uni mustaxkamligi va turg’unligini ta’minlovchi elementlar, maxkamlovchi elementlar va ushlab turuvchi konstruksiyalar, havozalar kiradi. Qolip va qoliplar sistemasi ayrim elementlarining turlari va vazifasi: •qolip– monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma; • shchit– qolipning karkas va palubadan iborat bo’lib, shakl hosil qiluvchi elementi; • paluba– shchitning shakl hosil qiluvchi ishchi yuzasini tashkil etuvchi elementi; • qolip panel– qolipning shakl-forma hosil etuvchi tekis elementi bo’lib, bir nechta tutash shchitlardan iborat va uzaro bog’lovchi tugunlar va elementlar yordamida bog’langan bo’lib aniq tekis yuzani qoliplashga muljallangan; •qolip bloki– butun holda tayyorlangan tekis va burchak panel va shchitlardan iborat, fazoviy, perimetri bo’yicha berk element. Download 298.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling