1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Binolarni ketma-ket usulda barpo etish. Ketma-ket usulda


Download 298.79 Kb.
bet47/48
Sana10.11.2023
Hajmi298.79 Kb.
#1761923
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

2.Binolarni ketma-ket usulda barpo etish. Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir keyingi ishni oldingi ish to’gagandan so’ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig’indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’ektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar etarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so’ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o’tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko’paytmasiga teng bo’ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o’zoq vaqt bir erda harakatda bo’lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo’ladi.


3.Yirik shchitli qolip. Orayopma qoliplari.
Yirik shchitli qoliplar – biriktiruvchi elementlar va katta o’lchamdagi shchitlardan tashkil topgan. Qolip shchitlari barcha texnologik og’irliklarni qo’shimcha ko’taruvchi va ushlab turuvchi elementlar o’rnatilmagan holda qabul qiladi. Bu qoliplar, uzun devorlarni, ora yopmalarni va tunnellarni betonlashda qo’llaniladi. SHchit o’lchami betonlanayotgan konstruksiya o’lchamiga teng: devor uchun – xona balandligi va eni, ora yopma uchun – ora yopma uzunligi va eniga teng. Katta maydondagi yopmalarni betonlaganda, bir smena davomida betonni konstruksiyaga joylashtirish va zichlash mumkin bo’lmasa, yopma xaritalarga bo’linadi. Xaritani o’lchamlari texnologik reglament asosida berilib, ularni chegara qismlarida keyingi xaritalar bilan yaxshi bog’lanishi uchun yacheykasi 10×10 mm qalinligi 2...4 mm li metall to’r o’rnatiladi. Yirik shchitli qoliplarni devorlari va pardadevorlari monolit, ora yopmalari yig’ma bo’lgan binolarda qo’llash tavsiya etiladi. Yig’ma ajratib-ko’chiriladigan yirik shchitli qoliplar ko’ndalang kesim yuzasi o’zgaruvchan konstruksiyalarni betonlashda ham qo’llaniladi (siloslar, tutun quvurlari, gradirnyalar).

Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling