1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji
Devori g’ishtli binolarni barpo etish va umumiy qoidalar
Download 298.79 Kb.
|
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ishlarni oqim usulida bajarish. Ketma-ket usulda
- Parallel usulda
2.Devori g’ishtli binolarni barpo etish va umumiy qoidalar. To’suvchi devor sifatida sun’iy va tabiiy toshlar keng qo’llaniladi. Bu xom ashyolar zaxirasini ko’pligi va tosh konstruksiyalarni bir qator quyidagi ijobiy ekspluatatsion xususiyatlari bilan bog’liqdir: chidamlilik, mustaxkamlik tavsifi, ob-xavo ta’siriga va olovga chidamliligi, amalda turli ko’rinishdagi bino va inshootlarni barpo eta olish mumkinligi. G’ishtli devorlar xonalarning yuqori darajada germetizatsiyasini issiqdan asrash va tovushdan izolyasiya qilishni ta’minlaydi. G’isht me’moriy nuqtai nazardan shahar massivlarini umumiy ko’rinishini yanada ko’rkamlashtiradi. Bundan tashqari, g’ishtli uylar issiq, yozda esa eng shinamdir. G’ishtlar, ichki va tashqi yuk ko’taruvchi devorlarni va pardevorlarni, lift shaxtalari, ustunlarni, zina xona devorlari va hokazolarni barpo etishda keng foydalaniladi. Ko’p qavatli karkasli binolarda g’ishtli tashqi devorlar yuk ko’taruvchi – ora yopmalardan gorizontal kuchlanishlarni qabul qiladigan; o’zini-o’zi ko’taradigan(to’suvchi) – temir yoki temirbeton karkasga maxkamlangan va faqat o’zini massasini ko’taradigan va osma – o’rama to’singa yoki lentali oynalarni ustiga tayanadigan bo’lishi mumkin. Osma devorlarda g’isht terimi faqat me’moriy maqsadga ega bo’lib, original va ko’rimlili fasad yaratishga qaratilgan.
3.Ishlarni oqim usulida bajarish. Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir keyingi ishni oldingi ish to’gagandan so’ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig’indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’ektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar etarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so’ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o’tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko’paytmasiga teng bo’ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o’zoq vaqt bir erda harakatda bo’lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo’ladi. Parallel usulda bir paytning o’zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yoki bir tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko’rilayotgan ob’ektda mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to’gatadilar. Parallel usulda, alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir paytda ishlaydigan ishchilarga bo’lgan talab m martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o’xshash bo’ladi. Qurilishning oqim usuli o’zida ketma-ket va parallel usullarining yutuqlarini aks ettirib ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek, ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan kamroq. Download 298.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling