5-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Paronimlar qatorini toping.
A) bema’nilik-bema’nolik B) jodi -jodu
C) algebra –aljabr D) nabira-nevara
2. O‘zaro sinonim qo‘shimchalardan iborat qatorni toping.
A)–ki, -im, -di, -da B) -ma, -k, -roq, -tir C) ser-, ba-, -li, -dor D)–dir, -giz, -loq, -lash
3. Omonim qo‘shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A)–li,-ma,-sa,-chilik B)-chi,-sh,-im, -ma
C) -il, -yap,-cha,-la D) ser-, -li, -roq,-chak
4. Omonimlar qaysi qatorda?
A) asar, bahr, bo‘lmoq B) do‘st, dunyo, bo‘sag‘a
C) ilgari, avval, qadim D) kafsh, kashf, kavsh
5. O‘zaro antonim qo‘shimchalarni aniqlang.
A) be-, -ma, -ta, -k B) -li, be-, ba-, -siz
C)–li, ser-, -sa,-b. D) ser-, -ma, ba-, be-
6. 1) O‘t (olov), 2) o‘t (o‘simlik), 3) o‘t (harakat) omonim so‘zlariga grammatik qo‘shimchalar qo‘shilganda, omonimik munosabat saqlanadimi?
A) saqlanib qoladi B) saqlanmaydi C) faqat dastlabki ikki so‘z orasida saqlanadi D) birinchi va uchinchi so‘z orasida saqlanadi
7. Orfoepiya qoidalariga rioya qilmaslik natijasida qanday birliklar vujudga keladi?
A) omonimlar B) sinonimlar C) antonimlar D) paronimlar
8. Yelar oqshom nafasi, salqin tun ibtidosi. Ushbu misradagi ibtido so‘zining sinonimini toping.
A) oxiri B) avji C) tugashi D) boshlanishi
9. Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) omonimlar B) paronimlar C) ko‘p ma’noli so‘zlar D) paronimlar va omonimlar.
10. Ma’nodosh so‘zlarning tildagi ahamiyati noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) bir ma’noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashga imkon beradi. B) so‘z sehrini namoyish etishda ahamiyatga ega C) nutqni bezashda, ta’sirchanligini oshirishda ahamiyatga ega D) bir so‘zning turli ma’nolarini ifodalashga yordam beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |