23. Quyidagi sinonim so‘zlarning qaysi biri keng qo‘llanadi?
A) ivirsiq B) isqirt C) irkit D) iflos.
24. Bir so‘z turkumi doirasida o‘zaro omonim bo‘lgan so‘zlarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimlik munosabatini saqlab qoladimi?
A) saqlab qoladi B) grammatik shakllar qo‘shilguncha omonim munosabat saqlanadi C) grammatik shakllar omonimlik munosabatini bartaraf etadi D) o‘zaro omonim munosabat bo‘lmaydi
25. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
A) ya’ni-yani B) adl-adil C) battar-badtar D) taqir-taxir
26. Qaysi omonim so‘zlarga gramatik ko‘rsatkichlar qo‘shilganda omonim munosabat saqlanmaydi?
1) suz; 2) ko‘ch; 3) ter; 4) rasm; 5) son.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 2,3
27. Qaysi qatordagi so‘zlarda omonimlik faqat bir so‘z turkumi doirasida yuz beradi?
A) tush, tuz B) to‘y, tur C) to‘y, tut D) berilgan barcha so‘zlarda omonimlik ikki so‘z turkumi doirasida yuz beradi
28. Quyidagi qaysi so‘zlar tanho so‘zi bilan sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin? 1) yakka; 2) alohida;
3) yagona; 4) xolos; 5) yolg‘iz; 6) faqat.
A) 1,2,3,5,6 B) 1,3,4,5,6 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4,5,6
29. Berilgan so‘zlarning qaysi birida omonimlik uch so‘z turkumi doirasida ro‘y beradi?
A) yosh, o‘t, tik, tom B) o‘t, tik, tom C) tik, tom D) o‘t, tom
30. Qaysi qatorda berilgan so‘zlardagi qo‘shimchalar o‘zaro omonim hisoblanadi?
A) uchrashmoq – o‘rganish B) gulzorlarda – paxtazorda
C) o‘qildi – yozildi D) chayqamoq – boqqa
Do'stlaringiz bilan baham: |