17. 1. Picha un topib kelsam, qozon ossak, nima bo‘lar ekan?
2. Bola rangi bo‘zarib ketsa ham, un chiqarmas edi. Ushbu gaplardagi un so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) ko‘p ma’noli B) omonim C) sinonim D) antonim
18. Qaysi qatorda paronim bor?
A) gado-gadoy B) asta-ohista C) battar-badtar
D) yuvindi-yuvundi
19. Berilgan sinonimlardan asosiy so‘zni aniqlang.
A) ilgari B) oldin C) avval D) burun
20. Omonim so‘zlar qaysi qatorda?
A) sovuq, bosh, oltin B) yordam, ko‘mak, madad C) yosh, zang, to‘p D) qiziqmoq, bog‘lamoq, ko‘karmoq
21. Qaysi qatordagi omonim so‘z tub so‘z hisoblanadi?
A) uchirma, suzma, bog‘lama B) yasama, qaynatma, to‘qima
C) ko‘rsatma, birikma, jamg‘arma D) yigirma, gazlama, surma
22. Qaysi qatordagi juftliklar paronim hisoblanmaydi?
A) ganj – ganch B) matal – ma’tal C) talat – tal’at D) bahzur - bazo‘r
23. Qaysi gapdagi o‘tirmoq fe’li inmoq fe’liga sinonim bo‘la oladi?
A) Oyog‘idagi qizil etigi o‘ziga juda o‘tirgan. B) Har tomondan atirgul, rayhonlarning yoqimli islari dimoqqa o‘tirardi. C) U raislik lavozimiga o‘tirdi. D) Fotihadan so‘ng har kim o‘z ishiga o‘tirdi.
24. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar uchun xos B) omonimlarga xos
C) paronimlarga xos D) A va B
25. Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug‘
C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish
26. Quyidagi hodisalarning qaysilari mustaqil so‘z turkumlarining barchasi uchun xos? 1) ko‘p ma’nolilik;
2) sinonimiya; 3) omonimiya; 4) antonimiya.
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |