30. Mashinaga hojat yo‘q. Ana ko‘chada tramvay, trolleybuslar bor. Bor, toshingni ter! Ushbu gaplardagi bor so‘zlari o‘zaro qanday so‘z?
A) zid ma’noli so‘z B) paronim so‘z C) shakldosh so‘z D) ko‘p ma’noli so‘z
7-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z? Oshni suzdi, suvda suzdi, sigir suzdi.
A) omonim B) paronim C) sinonim D) ko‘p ma’noli so‘z
2. Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?
A) Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin B) bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin C) har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi D) ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrimayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin
3. Bir so‘z turkumi doirasida so‘zlarning o‘zaro omonim bo‘lishi asosan qaysi so‘z turkumlarida uchraydi?
A) ot va fe’llarda B) ot va sifatlarda C) ot, sifat va fe’llarda D) barcha mustaqil so‘z turkumlarida
4. Qaysi gaplarda qo‘llangan oshar so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari hisoblanadi? 1. Qadrlasang qadring oshar 2. Qimirlagan qir oshar 3. Yaxshi bo‘lsang yasharsan, nasibangni osharsan.
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) barcha gaplarda alohida ma’noga ega bo‘lgan omonim so‘zlar
5. Dalil-dadil so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar hisoblanadi?
A) sinonimlar B) antonimlar C) omonimlar D) paronimlar
6. Lojuvard ko‘kda sayrashib uchayotgan qushlar daraxtlarga qo‘nib, saxiy quyoshga madhiya aytayotgandek, basma basga chug‘urlashadilar. Ushbu gapdagi lojuvard ko‘kda birikmasining sinonimi qaysi qatorda berilgan?
A) ko‘k osmonda B) tiniq osmonda C) tiniq ko‘k osmonda D) cheksiz ko‘kda
Do'stlaringiz bilan baham: |