14. Injimoq so‘zining ma’nodoshi (sinonimi) ni toping.
A) ranjimoq B) mijg‘ovlanmoq
C) injiqlik qilmoq D) ijirg‘anmoq
15. To‘maris dilovar ayol edi. Ushbu gapdagi dilovar so‘zining ma’nodosh (sinonim) lari qaysi qatorda berilgan?
A) qo‘rqmas, botir B) kamtarin, kamsuxan B) ko‘ngil oluvchi, dilni oluvchi C) qomatli, kelishgan
16. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) dara-darra B) hosiyat-xosiyat
C) matal-ma’tal D) ma’tal-mahtal
17. Quyidagi so‘zlarning qaysi birida shakldoshlik (omonimlik) ot va fe’l turkumi o‘rtasida vujudga kelmaydi?
A) tut B) to‘n C) tush D) to‘r
18. 1. Otasi bugun yana bir pand berib, nasihat qilmoqchi bolib kelgan ekan. 2. Yaxshidan qand yeysan, yomondan - pand. Ushbu gaplardagi pand so‘zlari o‘zaro ma’no va shakl munosabatiga ko‘ra qanday so‘z?
A) zid (antonim) so‘z B) bir so‘zning ikki ma’nosi C) ko‘p ma’noli so‘z D) shakldosh so‘z
19.Qaysi javobda ko‘p ma’noli so‘zni shakldosh (omonim) - lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan?
A) Ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nosi gapda namoyon bo‘ladi B) Ko‘p ma’noli so‘zlar gap bo‘laklari bo‘la oladi. C) Ko‘p ma’nolilik mustaqil so‘z turkumlariga xos. D) Ko‘p ma’noli so‘zlar necha ma’noga ega bo‘lmasin, bu ma’nolar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi
20. O‘zaro bir so‘z turkumi doirasidagina shakldoshlik hosil qiluvchi so‘zlarni belgilang.
A) sir, bog‘ B) soch, qo‘y C) ot, tush D) to‘r, tur
21. Quyidagi qaysi so‘zlar yakka so‘zi bilan ma’nodosh (sinonim) munosabatda bo‘lishi mumkin?
1) tanho; 2) alohida; 3) yagona; 4) yolg‘iz; 5) faqat.
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1, 4, 5
Do'stlaringiz bilan baham: |