1. Ventilyator qurilmalarining elektr yuritmalari va elektr ta’minoti sxemalari
Оtvаl hоsil qiluvchi mаshinаlаri kоnvеyеrlаrining elеktr yuritmаlаri vа elеktr uskunаlаri, bоshqаrish sхеmаlаri
Download 77.36 Kb.
|
Topshiriqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilishga mo’ljallangan universal ekskavatorlar
- Ochish ishlariga mo’ljallangan ekskavatorlar
14. Оtvаl hоsil qiluvchi mаshinаlаri kоnvеyеrlаrining elеktr yuritmаlаri vа elеktr uskunаlаri, bоshqаrish sхеmаlаri.
15.Bir cho’michli ekskavatorlarni avtomatlashtirish apparatlari bilan tanishish. Bir cho’michli ekskavatorning ish jarayoni - ish sikli va xarakatlanishidan iboratdir. Ekskavator ish tsikli ketma-ket bajariladigan quyidagi jarayonlardan tashkil to’gandir: kon jinsini qazish va cho’michni to’ldirish (qamrash); cho’michni zaboydan ko’tarish; cho’michni yuk to’kish joyiga burish; cho’michdagi yukni trans’ort vositasiga yoki ag’darmaga bo’shatish; zaboyga burilish; navbatdagi qazish jarayonini boshlash uchun cho’michni joyiga tushirish. Bir cho’michli ekskavatorlar ishga belgilanishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: qurilishga mo’ljallangan universal, kar’er ishlariga mo’ljallangan, ochish ishlariga mo’ljallangan, draglayn (qadamlovchi) lar. Qurilishga mo’ljallangan universal ekskavatorlar qurilishda yer ishlarini va yuklash ishlarini bajarishga mo’ljallangandir. Kar’er ekskavatorlari ruda va ko’mir qazib olish ka’erlarida ishlash uchun mo’ljallangan. Bu ekskavatorlar turli qattiqlikdagi kon jinslarida ishlashi uchun almashtiriladigan cho’michlar bilan ta’minlanadi. Ochish ishlariga mo’ljallangan ekskavatorlar foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda ochish ishlarini trans’ortsiz tizimda bajarishga xizmat qiladi. Qadamlovchi (draglayn) ekskvatorlar o’zi to’rgan tekislikdan ‘astdagi va te’adagi zaboyni ishlashga va ag’darmaga eltishga, hamda kon jinslarini ag’darmaga qayta ekskavatsiya qilishga mo’ljallangan. Bir cho’michli ekskavatorlarning quyidagi ti’lari mavjud: EO – gusenitsali va ‘nevmog’ildirakli qurilishga mo’ljallangan teskari cho’michli ekskavatorlar. Bu ekskavatorlarning cho’michlari sig’imi 0,16-2,5 m3 ni tashkil qiladi. EKGS – kar’er va qurilish ishlariga mo’ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho’michlari sig’imi 1,25 - 8 m3 ni tashkil qiladi. EKG - kar’er ishlariga mo’ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho’michlari sig’imi 2 - 20 m3 ni tashkil qiladi. EVG - ochish ishlariga mo’ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho’michlari sig’imi 15 - 100 m3 ni tashkil qiladi. ESH – qadamlovchi draglaynlar. Ularning cho’michlari sig’imi 4-125 m3 ni tashkil qiladi. Bir cho’michli ekskavatorlarni shunday belgilashlar asosida ularning asosiy ko’rsatgichlari – cho’mich sig’imi (kar’er ekskavatorlarida), strelasi uzunligi (draglaylarda), qamrash radiusi (ochish ekskavatorlarida) ni aniqlovchi guruhlari shakllantirilgan. Masalan, EKG-5A quyidagicha izohlanadi: E – ekskavator, K – kar’er ishlariga mo’ljallangan, G – gusenitsali, 5 – cho’michi sig’imi (m3 da), A – modernizatsiya indektsi. EVG-35/65 quyidagicha izohlanadi: E – ekskavator, V – ochish ishlariga mo’ljallangan, G – gusenitsali, 35 – cho’michi sig’imi (m3 da), 65 – qamrash radiusi (metrda). ESH – 100/100 quyidagicha izohlanadi: E – ekskavator, SH – qadamlovchi, 100 (suratdagi) - – cho’michi sig’imi (m3 da), 100 (maxrajdagi) – strelasi uzunligi (metrda). Vatanimiz konchilik korxonalari kar’erlarida cho’mich sig’imi 5(4,6); 8; 10; 12,5; 15; 20 m3 li ekskavatorlar ishlatilmoqda. Bu ekskavatorlar A.A.Jdanov nomidagi Ijorskiy va S.Ordjonikidze nomidagi Uralg’ og’ir mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqariladi (Rossiya). Bir cho’michli ekskavatorlar AQSH (“Marion”, “Byusayrus-Iri”, “Xarnishfeger”), Ya’oniya, Frantsiya, Angliya, Xitoy kabi xorijiy mamalakatlarda ham ishlab chiqariladi. Ekskavatorlar - kon jinslarini kovlab olib ag’darmaga to’kish yoki trans’ort vositasiga yuklash uchun mo’ljallangan yer kovlaydigan mashinalardir. Barcha ekskavatorlar ikki guruhga ajratiladi: bir cho’michli uzlukli va kop cho’michli uzluksiz ish jarayonli. Bir cho’michli ekskavatorlar kam ji’slashgan yumshoq jinslarni qazib oladi yoki yumshatilgan qattiq jinslarni qamrab yig’ib oladi va o’z navbatida ma’lum masofaga siljitadi, siljitish vaqtida qamrash yoki qazib olish to’xtaydi; kop cho’michli ekskavatorlarda esa bu jarayonlar bir vaqtning o’zida bajariladi. Har qanday bir cho’michli yoki kop cho’michli ekskavator quyidagi asosiy qismlardan tashkil to’adi: ish bajaruvchi, mexaniq, yurish va kuch berish uskunalari, boshqarish mexanizmlari, rama bilan ‘latforma, ustki qurilmalar va kuzov. Umumiy holda ekskavatorlar quyidagi belgilari bo’yicha sinflarga ajratiladi: - bajaradigan ishi turi va ishga belgilanishiga ko’ra; - cho’michi hajmi (V, m3 - bir cho’michli ekskavatorlar uchun) yoki nazariy unumdorligi (Q, m3/tonna – kop cho’michli ekskavatorlar uchun) bo’yicha; - ish bajaruvchi, yurish va kuch berish uskunalari turi bo’yicha. Bir cho’michli ekskavatorlari ishchi organi konstruktsiyasi buyicha turlari va ishlash ‘rintsi’i Bir cho’michli ekskavatorlar ikkita asosiy qismdan tashkil to’gan: ‘astki yurish qismi va yuqorigi burilish qismi. Yurish qismi mashina og’irligini va ish vaqtida hosil bo’ladigan qo’shimcha og’irliklarni qabul qilib zaminga uzatadi, hamda ekskavator harakatlanishini ta’minlaydi. Burilish qismi kuch berish qismlari, mexanizmlar va ishchi uskunalari joylashgan buriluvchi ‘latformadan tashkil to’gan. Buriluvchi ‘latforma tayanch-burilish qurilmasi orqali yurish ramasiga o’tiradi va vertikal o’qda gorizontall tekislik bo’ylab burilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buriluvchi ‘latformaning gorizontall tekislikda burilish burchagiga bog’liq ravishda ekskavatorlar to’liq buriluvchi yoki to’liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho’michli ekskavatorlar to’liq buriluvchi ekskavatorlardir. Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho’michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining turlari asosan – to’g’ri lo’atali ekskavator va draglaydir. Ba’zi hollarda teskari lo’atali ekskavator, greyfer va strug ishlatiladi. Download 77.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling